Propiedad intelectual Formación en PI Respeto por la PI Divulgación de la PI La PI para... La PI y… La PI en… Información sobre patentes y tecnología Información sobre marcas Información sobre diseños industriales Información sobre las indicaciones geográficas Información sobre las variedades vegetales (UPOV) Leyes, tratados y sentencias de PI Recursos de PI Informes sobre PI Protección por patente Protección de las marcas Protección de diseños industriales Protección de las indicaciones geográficas Protección de las variedades vegetales (UPOV) Solución de controversias en materia de PI Soluciones operativas para las oficinas de PI Pagar por servicios de PI Negociación y toma de decisiones Cooperación para el desarrollo Apoyo a la innovación Colaboraciones público-privadas Herramientas y servicios de IA La Organización Trabajar con la OMPI Rendición de cuentas Patentes Marcas Diseños industriales Indicaciones geográficas Derecho de autor Secretos comerciales Academia de la OMPI Talleres y seminarios Observancia de la PI WIPO ALERT Sensibilizar Día Mundial de la PI Revista de la OMPI Casos prácticos y casos de éxito Novedades sobre la PI Premios de la OMPI Empresas Universidades Pueblos indígenas Judicatura Recursos genéticos, conocimientos tradicionales y expresiones culturales tradicionales Economía Financiación Activos intangibles Igualdad de género Salud mundial Cambio climático Política de competencia Objetivos de Desarrollo Sostenible Tecnologías de vanguardia Aplicaciones móviles Deportes Turismo PATENTSCOPE Análisis de patentes Clasificación Internacional de Patentes ARDI - Investigación para la innovación ASPI - Información especializada sobre patentes Base Mundial de Datos sobre Marcas Madrid Monitor Base de datos Artículo 6ter Express Clasificación de Niza Clasificación de Viena Base Mundial de Datos sobre Dibujos y Modelos Boletín de Dibujos y Modelos Internacionales Base de datos Hague Express Clasificación de Locarno Base de datos Lisbon Express Base Mundial de Datos sobre Marcas para indicaciones geográficas Base de datos de variedades vegetales PLUTO Base de datos GENIE Tratados administrados por la OMPI WIPO Lex: leyes, tratados y sentencias de PI Normas técnicas de la OMPI Estadísticas de PI WIPO Pearl (terminología) Publicaciones de la OMPI Perfiles nacionales sobre PI Centro de Conocimiento de la OMPI Informes de la OMPI sobre tendencias tecnológicas Índice Mundial de Innovación Informe mundial sobre la propiedad intelectual PCT - El sistema internacional de patentes ePCT Budapest - El Sistema internacional de depósito de microorganismos Madrid - El sistema internacional de marcas eMadrid Artículo 6ter (escudos de armas, banderas, emblemas de Estado) La Haya - Sistema internacional de diseños eHague Lisboa - Sistema internacional de indicaciones geográficas eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange Mediación Arbitraje Determinación de expertos Disputas sobre nombres de dominio Acceso centralizado a la búsqueda y el examen (CASE) Servicio de acceso digital (DAS) WIPO Pay Cuenta corriente en la OMPI Asambleas de la OMPI Comités permanentes Calendario de reuniones WIPO Webcast Documentos oficiales de la OMPI Agenda para el Desarrollo Asistencia técnica Instituciones de formación en PI Apoyo para COVID-19 Estrategias nacionales de PI Asesoramiento sobre políticas y legislación Centro de cooperación Centros de apoyo a la tecnología y la innovación (CATI) Transferencia de tecnología Programa de Asistencia a los Inventores (PAI) WIPO GREEN PAT-INFORMED de la OMPI Consorcio de Libros Accesibles Consorcio de la OMPI para los Creadores WIPO Translate Conversión de voz a texto Asistente de clasificación Estados miembros Observadores Director general Actividades por unidad Oficinas en el exterior Ofertas de empleo Adquisiciones Resultados y presupuesto Información financiera Supervisión
Arabic English Spanish French Russian Chinese
Leyes Tratados Sentencias Consultar por jurisdicción

Reglamento sobre la Redacción, la Presentación y el Examen de Solicitudes de Concesión de Patentes para Diseños Industriales (aprobado por la Ordenanza N° 22 de 21 de abril de 2004 del Director de la Oficina Estatal de Patentes, registrada bajo el N° 1361 por el Ministerio de Justicia el 20 de mayo de 2004), Uzbekistán

Atrás
Versión obsoleta.  Ir a la versión más reciente en WIPO Lex
Detalles Detalles Año de versión 2004 Fechas Entrada en vigor: 30 de mayo de 2004 Adoptado/a: 21 de abril de 2004 Tipo de texto Normas/Reglamentos Materia Patentes (Invenciones), Diseños industriales, Organismo regulador de PI

Documentos disponibles

Textos principales Textos relacionados
Textos principales Textos principales Uzbeko Sanoat namunasiga O'zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko'rib chiqish Qoidalari (O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004 yil 21 arreldagi 22-son buyrug'i bilan tasdiqlangan, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yilning 20 mayda 1361-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan)        
 
Descargar PDF open_in_new
 Sanoat namunasiga O'zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko'rib chiqish Qoidalari

Sanoat namunasiga O'zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko'rib chiqish QOIDALARI (O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004 yil 21 arreldagi 22-son

buyrug'i bilan TASDIQLANGAN, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yilning 20 mayda 1361-son bilan RO'YXATDAN O'TKAZILGAN)

I bob. Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma tuzish va topshirish. Talabnoma topshirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar II bob. Patent olish bo'yicha ishlarni olib borish III bob. Talabnomani ko'rib chiqish

Mazkur Sanoat namunasiga O'zbekiston Respublikasi patentini berish uchun

talabnoma tuzish, topshirish va ko'rib chiqish Qoidalari (bundan buyon matnda

Qoidalar deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va

sanoat namunalari to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda sanoat

namunasiga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va ko'rib chiqish

tartibini belgilaydi.

Qisqartirishlar ro'yxati

Qonun – O'zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari

to'g'risida"gi Qonuni.

Patent idorasi – O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi.

Apellyasiya kengashi – O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi Apellyasiya kengashi.

Talabnoma – sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma.

SNXK – Sanoat namunalarining xalqaro klassifikasiyasi.

BIMT – Butunjahon intellektual mulk tashkiloti.

Parij konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij konvensiyasining

O'zbekiston Respublikasi uchun amaldagi tahriri.

Konvensiya talabnomasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij konvensiyasiga

muvofiq topshirilgan talabnoma.

MO'T – mashinada o'qish mumkin bo'lgan axborot tashuvchi.

I bob. Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma tuzish va topshirish.

Talabnoma topshirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar

1-§. Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma

1. Sanoat namunalariga buyumning tashqi ko'rinishini belgilaydigan uning badiiy-konstruktorlik

yechimi taalluqlidir. Buyum sifatida sanoat yoki hunarmandchilik ishlab chiqarilishidagi istalgan buyum,

xususan tarkiblardan tuzilgan buyum, tarkiblardan tuzilgan buyumni yig'ish uchun mustaqil

komronentlar tushuniladi.

Buyumning badiiy-konstruktorlik yechimi buyumning tashqi ko'rinishi alohida xususiyatlarini

belgilaydigan muhim alomatlar majmui bilan ta’riflanadi.

Buyumning tashqi ko'rinishini xususan, materialning shakli, konturi, liniyalari, ranglarning

ishlatilishi, teksturasi yoki fakturasi, dekori, shu jumladan ornamenti tashkil qiladi.

2. Qonunning 8-moddasiga muvofiq sanoat namunasi sifatida talabnoma berilgan obyekt, agar

yangi va original bo'lsa, huquqiy muhofaza qilinadi.

Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlarining majmui sanoat namunasining ustuvorligi

sanasiga qadar jahonda hamma foydalana oladigan ma’lumotlardan ma’lum bo'lmasa, yangi

hisoblanadi.

Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlari majmui buyumning alohida xususiyatlarining

ijodiy xarakterini keltirib chiqarsa, u original deb tan olinadi.

3. Sanoat namunalarini ta’riflash uchun, xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

a) asosiy kompozitsion elementlarining mavjudligi, tarkibi va miqdori;

b) asosiy elementlarning shakli va konfiguratsiyasi;

v) asosiy elementlarning o'zaro joylashuvi va bir-biriga bo'ysunishi;

g) asosiy elementlarning plastik xarakteristikasi;

d) ushbu elementlarning grafik, rang-faktura va koloristik yechimining xarakteri;

e) materiali.

4. Sanoat namunalari hajmiy yoki tekis bo'lishi mumkin.

Hajmiy sanoat namunalari o'zlari bilan asosida uch o'lchamli, hajmiy-fazoviy tuzilma yotgan

kompozitsiyani, masalan, stanok, qishloq xo'jalik mashinasi, motor, telefon arrarati va boshqalarning

tashqi ko'rinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimini ifodalaydi.

Tekis sanoat namunalari o'zlari bilan ikki o'lchamli tuzilmali kompozitsiyani ifodalaydi hamda

elementlarning chiziqli-grafika mutanosibligi bilan ta’riflanadi va deyarli hajmga ega bo'lmaydi,

masalan, gilam, ro'mol, mato va boshqalarning tashqi ko'rinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik

echimlari.

5. Talabnoma bitta sanoat namunasiga taalluqli bo'lishi lozim va ushbu sanoat namunasining

variantlarini ichiga olishi mumkin (birlik talabi).

Bitta sanoat namunasi ostida ham yagona buyumning, ham umumiy vazifaga ega bo'lgan

buyumlar jamlamasining (to'plamining) (masalan, mebel garniturasi, serviz va boshqalar) badiiy-

konstruktorlik echimi tushuniladi.

Yagona buyum ostida butun bir buyum (masalan, avtomobil) ham, butun buyumning biron-bir

qismi bo'lgan buyum (masalan, bamrer, fara) ham tushuniladi.

Sanoat namunasining variantlari ostida buyumning bir xil alohida xususiyatlarini belgilaydigan

muhim alomatlar majmui bo'yicha farqlanadigan aynan bitta buyumning (komrlekti, to’plamining)

badiiy-konstruktorlik yechimi tushuniladi.

6. Qonunning 8-moddasi yettinchi qismiga muvofiq quyidagi hollarda buyum sanoat namunasi

sifatida tan olinmaydi:

a) agar u matbaa mahsulotlariga (shrift grafikasining dekorativ qirralaridan xolis bo'lgan

matnlar, jadvallar, grafiklar va boshqalar) taalluqli bo'lsa;

b) agar u arxitektura obyektlariga (shu jumladan sanoat, gidrotexnika va boshqa muqim

inshootga) taalluqli bo'lsa, kichik arxitektura shakllari bundan mustasno;

v) agar u suyuq, gazsimon, sochiluvchi yoki shunga o'xshash moddalardan iborat barqaror

bo'lmagan shaklga ega obyekt bo'lsa;

g) agar u buyumning mutloq texnik funksiyasidan kelib chiqqan yechim bo'lsa;

d) jamiyat manfaatlari, insonrarvarlik va ahloqiy rrinsirlariga zid yechimlar.

7. Qonunning 17-modda ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma quyidagilarni o'z ichiga olishi

kerak:

a) patent berish to'g'risida sanoat namunasi muallifi (hammualliflari) va nomiga patent

so'ralayotgan shaxslar, shuningdek, ularning turar joylari va manzillari ko'rsatilgan ariza;

b) buyum, maket yoki rasmni aks ettirgan, buyumning tashqi ko'rinishi haqida to'liq atroflicha

tassavvur beradigan tasvirlar jamlamasi (buyumning tasviri fotosuratlar yoki boshqa ko'rinishda taqdim

etilishi, shu jumladan kompyuter grafikasi vositasida bajarilishi mumkin);

v) sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini ichiga olgan tavsifi;

g) buyumning umumiy ko'rinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion kartasi, agar ular

sanoat namunasining mohiyatini tushunish uchun zarur bo'lsa.

8. Talabnomaga belgilangan miqdorda patent boji to'langanini tasdiqlovchi hujjat yoki patent

bojini to'lashdan ozod qilish uchun asoslarni yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni

tasdiqlovchi hujjat ilova etiladi.

9. Patent vakili yoxud boshqa ishonchli shaxs orqali beriladigan talabnomaga, unga talabnoma

beruvchi tomonidan berilgan ishonchnoma yoki ishonchnomaning belgilangan tartibda

rasmiylashtirilgan nusxasi ilova etiladi.

10. Konvensiya ustuvorligi berishni so'rab berilgan talabnomaga (bundan buyon matnda

konvensiya talabnomasi deb yuritiladi) talabnoma beruvchi tomonidan Sanoat mulkini muhofaza qilish

bo'yicha Parij konvensiyasiga a’zo bo'lgan davlatda berilgan birinchi talabnomaning nusxasi (bundan

buyon matnda birinchi talabnoma deb yuritiladi), hamda bu talabnomaning o'zbek yoki rus tiliga

tarjimasi ilova etiladi va ular konvensiya talabnomasi Patent idorasiga kelib tushgan sanadan uch oy

muddatdan kechiktirilmay topshiriladi.

Konvensiya ustuvorligini belgilash to'g'risidagi iltimos, talabnoma topshirishda (patent berish

to'g'risidagi arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan

sanadan boshlab ikki oy muddat ichida topshirilishi mumkin.

Birinchi talabnoma berilgan sanadan olti oy muddat o'tgach, lekin olti oy muddat o'tgandan

so'ng ikki oylik muddatdan kechiktirmay kelib tushgan talabnoma bo'yicha konvensiya ustuvorligi

so'ralganda, talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

konvensiya ustuvorligini so'rash muddatini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji

to'langanligi to'g'risida hujjat;

talabnoma beruvchiga bog'liq bo'lmagan holda belgilangan olti oylik muddat ichida talabnoma

topshirishga to'sqinlik qilgan vaziyatlar ko'rsatilgan va agar ular Patent idorasiga ma’lum deb o'ylashga

asos bo'lmasa, bu vaziyatlar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat.

11. Ushbu Qoidalarning 7-bandida ko'rsatilgan o'zbek yoki rus tillarida tuzilgan talabnoma

hujjatlari uch nusxada topshiriladi: 2 nusxasi qog'ozda, uchinchisi elektron ko'rinishda mashinada

o'qiladigan axborot tashuvchida (bundan buyon - MO'T) topshirilishi mumkin.

Aynan o'sha hujjatlarning o'zi agar ular o'zga tilda tuzilgan bo'lsa bir nusxada, o'zbek yoki rus

tilidagi tarjimasi esa uch nusxada: 2 nusxasi qog'ozda, uchinchisi elektron ko'rinishda mashinada

o'qiladigan axborot tashuvchida topshirilishi mumkin.

Qog'ozdagi va MO'T dagi talabnoma hujjatlari va qo'shimcha materiallarning mazmuni aynan bir

xil bo'lishi lozim. Qog'ozdagi va MO'T dagi materiallarning aynan bir xilligiga talabnoma beruvchi

javobgardir.

Umumiy ko'rinishdagi buyum, maket yoki rasmning tasvirlari uch nusxada, qolgan tasvirlar ikki

nusxada taqdim etiladi.

Boshqa hujjatlar va agar ular o'zga tilda tuzilgan bo'lsa, ularning o'zbek yoki rus tilidagi tarjimasi

bir nusxada taqdim etiladi.

2-§. Talabnoma hujjatlarining mazmuni

12. Patent berish to'g'risidagi ariza, ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklida topshiriladi.

Agar qandaydir ma’lumotlarni tegishli grafalarda to'liq joylashtirishning iloji bo'lmasa, u holda arizaning

tegishli grafasida: "davomini qo'shimcha varaqda qarang" deb ko'rsatilgan holda ular shu shakldagi

qo'shimcha varaqda keltiriladi.

Xorijiy ism-familiyalar va korxonalarining nomlari o'zbek yoki rus tilidagi transliteratsiyada

ko'rsatiladi.

Talabnoma beruvchining nomi (imkoniyat bo'lgan holda), sanoat namunasining nomi arizada

o'zbek va rus tillarida ko'rsatilgan bo'lishi lozim.

Arizaga ilova qilinadigan talabnomaning boshqa hujjatlari o'zbek, rus yoki boshqa tilda

topshiriladi.

Agar talabnoma hujjatlari o'zga tilda topshirilgan bo'lsa, talabnoma Patent idorasiga topshirilgan

sanadan ikki oy muddat ichida taqdim etilishi lozim bo'lgan o'zbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi.

Boshqa tilda taqdim etilgan hujjatlar, agar ularning tarjimalari boshqa tilda topshirilgan

hujjatlarning kelib tushishi sanasidan ikki oy davomida kelib tushgan bo'lsa, ularning Patent idorasiga

kelib tushgan sanasiga taqdim etilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar ularning tarjimalari kelib

tushgan sanasiga taqdim etilgan deb hisoblanadi.

13. Arizaning "Ariza" so'zidan yuqorida joylashgan grafalari, Patent idorasiga kelib tushgandan

keyin rekvizitlarni kiritish uchun mo'ljallangan bo'lib, talabnoma beruvchi tomonidan to'ldirilmaydi.

14. (71)-kod ostidagi "Talabnoma beruvchi" grafasida, talabnoma beruvchi (talabnoma

beruvchilar) to'g'risida ma’lumotlar keltiriladi: jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (va otasining ismi),

shuni ham nazarda tutish kerakki familiya ismdan avval ko'rsatiladi, yoki yuridik shaxsning rasmiy nomi

(ta'sis hujjati bo'yicha), shuningdek tegishlicha ularning turar joylari yoki manzillari, mamlakatning

rasmiy nomi va to'liq pochta manzili va BIMTning ST.3 standarti bo'yicha mamlakat kodi (agar u

belgilangan bo'lsa) to'g'risidagi ma’lumotlar keltiriladi.

Agar talabnoma beruvchilar bir qancha bo'lsa, ko'rsatilgan ma’lumotlar ularning har biri uchun

keltiriladi.

Sanoat namunasining mualliflari bo'lgan talabnoma beruvchilarning turar joylari to'g'risidagi

ma’lumotlar ushbu grafada keltirilmaydi, balki faqat arizaning (72)-kod ostidagi "Muallif(lar)" grafasida

bayon etiladi.

So'ngra shu grafaning o'zida talabnoma beruvchi sanoat namunasining muallifi, muallifning ish

beruvchisi yoki muallifning yoxud muallif ish beruvchisining huquq vorisi ekanligi tegishli katakchada

"X" belgisini qo'yish bilan belgilanadi.

O'zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari uchun OKRO kodi ko'rsatiladi.

O'zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi chet el yuridik shaxslari yoki jismoniy

shaxslari uchun Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ST.3 standarti bo'yicha mamlakat kodi

(agar u belgilangan bo'lsa) ko'rsatiladi.

15. Ustuvorlikni belgilash to'g'risidagi iltimosni o'z ichiga olgan grafa faqat sanasi talabnoma

Patent idorasiga kelib tushgan sanadan bir muncha ilgarigi ustuvorlik so'ralayotgan bo'lsagina

to'ldiriladi. Bu holda tegishli katakchalarda "X" belgisini qo'yib chiqish bilan ustuvorlik so'rash uchun

asoslar belgilanadi.

(31)-kod ostidagi grafada ancha ilgariroq berilgan talabnomaning raqami ko'rsatiladi, uning

asosida yoki unga qo'shimcha materiallar asosida ustuvorlik so'raladi.

(32)-kod ostidagi grafada so'ralayotgan ustuvorlik sanasi (ancha ilgariroq berilgan talabnoma

yoki u bo'yicha qo'shimcha materiallar kelib tushgan sana) ko'rsatiladi.

Konvensiya ustuvorligi so'ralayotganda, (33)-kod ostidagi grafada BIMT ST.3 standarti bo'yicha

birinchi talabnoma berilgan mamlakat kodi ko'rsatiladi.

16. (54)-kod ostidagi "Sanoat namunasining nomi" grafasida keltirilgan talabnoma berilgan

sanoat namunasining nomi keltiriladi va u sanoat namunasi tavsifida keltirilgan nomga to'g'ri kelishi

kerak.

17. (98)-kod ostidagi "Yozishmalar uchun manzil" grafasida pochta orqali tezda yetkazib

berishning odatdagi talablarini qondiradigan yozishmalar uchun manzil, xat oluvchining ismi-sharifi

yoki nomi, va telefon, faks raqamlari, e-mail (agar ular bo'lsa) keltiriladi.

Yozishmalar uchun manzil sifatida O'zbekiston Respublikasida yashovchi talabnoma beruvchi

(talabnoma beruvchilardan biri) - jismoniy shaxsning turar joyi manzili, yoki O'zbekiston

Respublikasidagi talabnoma beruvchi - yuridik shaxsning joylashgan joyi manzili, yoki Patent idorasida

ro'yxatdan o'tkazilgan patent vakilining, yoki boshqa ishonchli shaxsning manzili ko'rsatilishi mumkin.

Arizada yozishmalar uchun manzil ko'rsatilmaganda ushbu manzil sifatida agar tayinlangan

bo'lsa patent vakili yoki boshqa ishonchli shaxsning joylashgan manzili hisoblanadi, aks holda -

O'zbekiston Respublikasi hududida manzilga ega bo'lsa, arizaning talabnoma beruvchi to'g'risidagi

ma’lumotlarga taalluqli grafalarida talabnoma beruvchining (talabnoma beruvchilar bir qancha bo'lsa

ularning birinchisini) manzili hisoblanadi.

18. (74)-kod ostidagi "Patent vakili" grafasi talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma

berilganga qadar patent vakili tayinlangan hollardagina to'ldiriladi va uning to'g'risida quyidagi

ma’lumotlar: familiyasi, ismi (va otasining ismi), Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilgan raqami

keltiriladi.

"Patent vakilining manzili" grafasida pochta orqali tezda yetkazib berishning odatdagi talablarini

qondiradigan yozishmalar uchun manzil, xat oluvchining ismi-sharifi yoki nomi, va telefon, faks

raqamlari, e-mail (agar ular bo'lsa) keltiriladi.

19. Arizaning ikkinchi betidagi "Ilova qilinadigan hujjatlar ro'yxati" grafasi ilova qilinadigan

hujjatlarning har bir nusxasidagi tegishli katakchalarda "X" belgisini qo'yib chiqish orqali va nusxalar

hamda varaqlar soni ko'rsatilgan holda to'ldiriladi. Turi ariza formasida ko'zda tutilmagan (boshqa

hujjat) ilova qilinadigan hujjatlar uchun ularning vazifasi aniq ko'rsatiladi.

Talabnomada MO'T dagi axborotlar (disketa) mavjud bo'lsa, "boshqa hujjat" grafasida "Disketa"

deb ko'rsatiladi.

20. (72)-kod ostidagi "Mualliflar" va "To'liq uy manzili" grafalarda sanoat namunasining muallifi

(mualliflari) to'g'risida ma’lumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi (otasining ismi), lavozimi, ilmiy darajasi

va ish joyi, mamlakat nomi va uning BIMT ST.3 standarti bo'yicha kodini ichiga olgan holda to'liq turar

joyi pochta manzili.

21. "Mualliflar" va "To'liq uy manzili" grafalari ostida bevosita joylashgan grafa, faqat muallif

(mualliflar) patent berish to'g'risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishda uni (ularni) bunday sifatda eslatib

o'tmaslikni so'raganida to'ldiriladi. Bu holda e’lon qilishda ko'rsatmaslikni istagan har bir muallifning

familiyasi, ismi (otasining ismi) va ularning imzolari keltiriladi.

22. Arizaning oxirgi "Imzo" grafasini, imzo qo'yish sanasini ko'rsatgan holda to'ldirish barcha

hollarda majburiydir.

Ariza talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs tomonidan ariza korxona,

tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi ko'rsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan

tasdiqlanadi.

Patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali talabnoma berilganda, ariza talabnoma beruvchi yoki

patent vakili yoxud ishonchli shaxs tomonidan imzolanadi.

Imzolar imzo qo'yuvchi shaxsning familiyasi va ismi-shariflari ko'rsatilgan holda ochib beriladi.

Imzo qo'yishni talab qiladigan u yoki bu ma’lumotlar qo'shimcha varaqda keltirilgan hollarda, u

ham shunday tartibda imzolanadi.

Talabnoma beruvchi, nomiga patent berilishi so'ralayotgan shaxs yoki patent vakilining yoxud

ishochli shaxsning imzosi har bir qo'shimcha varaqda keltirilishi majburiydir.

23. Talabnoma berilgan sanoat namunasi to'g'risidagi barcha axborotlarni ichiga olganligi uchun

buyum tashqi ko'rinishining tasviri asosiy hujjat bo'lib hisoblanadi.

Tasvirlar buyum tashqi ko'rinishi to'g'risida to'liq atroflicha tasavvurni berishi, uning barcha

elementlarini, muhim alomatlar ro'yxatida keltirilgan elementlarni ham ichiga olishi lozim.

Qonunning 5-moddasiga muvofiq huquqiy muhofaza hajmi buyumning (maket, rasmning)

tasvirlarida aks ettirilgan uning muhim alomatlari majmui va(yoki) ularning kombinasiyasi bilan

belgilanadi.

24. Talabnoma hajmli sanoat namunasi uchun hajmli buyumning oldi tomondan 3/4 rakursdagi

umumiy ko'rinishi tasvirini, hamda buyumning tasvirlari ko'rinishlarining (masalan, oldidan, chapdan,

o'ngdan, orqadan, yuqoridan, rastdan) buyum tashqi ko'rinishi barcha yechimining to'la tasavvurini

ta’minlaydigan miqdorini ichiga olishi lozim.

Tikuvchilik sanoati buyumlari uchun oldidan va orqadan ko'rinishlari (zarur bo'lganda

manekenda) etarlicha bo'lishi mumkin.

Tekis sanoat namunasi uchun umumiy rejadagi ko'rinishi taqdim etiladi.

Tekstil buyumlarining tekis sanoat namunalari tasvirda takrorlanuvchi rapport bilan aks ettirilishi

lozim.

Buyumlarning jamlamasi (to'plami) umumiy ko'rinishdagi tasvirlarda to'laligicha, ya’ni

jamlamaga (to’plamga) kiradigan barcha buyumlar bilan taqdim etilishi lozim. Bundan tashqari,

jamlamaga (to'plamga) kiradigan har bir buyum qo'shimcha ravishda alohida tasvirda keltiriladi.

Alohida hollarda, buyumlar jamlamasi (to’plami) to'liq tarkibda umuiy ko'rinishdagi bitta tasvirda

taqdim etilishi mumkin bo'lmagan hollarda, jamlama (to’plam) fragmentlarini alohida tasvirlarda

taqdim etilishiga yo'l qo'yiladi.

Sanoat namunasining har bir varianti tasvirlarning alohida jamlamasi bilan taqdim etilishi lozim.

Yorilishi, yig'ilishi, transformasiyalanishi va boshqalar bo'lishi mumkin bo'lgan buyumlar ushbu

buyumlarning ochiq ko'rinishidagi (masalan, muzlatgich, telefon budkasi) yoki yig'ilgan ko'rinishidagi

(masalan, oshxona kombaynlari, chang yutgichlar) tasvirlari bilan taqdim etilishi lozim.

25. Rang-grafik (badiiy-koloristika) yechimi sanoat namunasining muhim alomatlaridan biri

bo'lgan hollarda, ushbu Qoidalarning 24-bandida ko'zda tutilgan barcha tasvirlar rangli holda taqdim

etilishi lozim.

26. Tasvirlar aniq va yorqin bo'lishi lozim. Sanoat namunasining tasvirlardagi alohida detallari

nafaqat yoritilgan tomonlarda, balki soya tomonlarida ham yaxshi ko'rinishi lozim.

Buyum bir tekis yoritilgan holda, odatda o'zga predmetlarsiz neytral fonda tasvirlanishi lozim.

27. Tasvirlar A4 formatidan katta bo'lmagan o'lchamlarda taqdim etiladi. Tashqi o'lchamlari

bo'yicha uncha katta bo'lmagan buyumlar, masalan, qo'l (cho'ntak) soatlari, mikrokalkulyator, cho'ntak

o't oldirgichlari va shunga o'xshashlar uchun 9x12 sm dan kichik bo'lmagan o'lchamdagi kichik formatli

tasvirlar taqdim etilishi mumkin.

28. Tasvirlar umumiy ko'rinish, boshqa ko'rinishlar, rangli tasvir, eng yaqin analogining tasviri

tartibida raqmlanadi.

Bir ko'rinishdagi tasvirlar bittta raqam ostida keltiriladi.

29. Tasvirlarni ichiga olgan varaqlarning old tomonida (fotosuratlar uchun - orqa tomonida)

tasvirning raqami, sanoat namunasining nomi hamda "umumiy ko'rinishi", "yonidan ko'rinishi",

"oldidan ko'rinishi", "orqadan ko'rinishi", "yuqoridan ko'rinishi" so'zlari, variantlar uchun esa "1-

variant", "2-variant" va shunga o'xshashlar kabi tushuntirishlar tartibma-tartib ko'rsatiladi.

30. Sanoat namunasining tavsifi buyumning tasvirlarda aks ettirilgan tashqi ko'rinishini so'zlar

bilan ochib berishi lozim.

31. Tavsif sanoat namunasining nomini ko'rsatishdan boshlanadi, talabnoma berilgan sanoat

namunasi mansub bo'lgan SNXK ning amaldagi tahriridagi rubrikasi aniqlangan holda, bu rubrikaning

indeksi keltiriladi va quyidagi bo'limlarni ichiga oladi:

a) sanoat namunasining vazifasi va qo'llanilish sohasi;

b) sanoat namunasining analoglari;

v) sanoat namunasi ifodalangan tasvirlar va boshqa taqdim etilgan materiallar ro'yxati (chizma,

ergonimik sxema, konfeksion karta - ular taqdim etilgan hollarda);

g) sanoat namunasining mohiyati;

d) sanoat namunasining muhim alomatlai majmui.

32. Sanoat namunasining nomi aniq, qisqa va konkret bo'lishi, sanoat namunasining muhofaza

hajmi va SNXK ga, alohida hollarda esa tarmoqda umum e’tirof qilingan terminologiyaga mos bo'lishi

lozim. Nom buyumning vazifasini (bajaradigan funksiyasini) ta’riflashi, ya’ni turkum tushunchalarni

(masalan, "Antenna", "Zichlikni o'lchagich", "Traktor") aks ettirishi lozim.

Nom buyumning foydalanish sohasini ko'rsatishi, ya’ni turiga doir tushunchani (masalan, "Paxta

terish qishloq xo'jaligi mashinasi") ifodalashi lozim.

Turkum va/yoki tur tushunchalaridan (masalan, "O'rim jatkasi") so'ng nomda zarur bo'lganida

buyum vazifasining o'ziga xos xususiyatlari (masalan, "makkajo'xorini o'rib olish uchun") ko'rsatiladi.

Shunday qilib, ushbu sanoat namunasining to'liq nomi - "Makkajo'xorini o'rib olish uchun o'rim jatkasi".

Sanoat namunasining nomida reklama jumlalari, shaxsiy nomlar, familiyaga doir nomlar,

abbreviaturalar, tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilarining so'zli belgilari, reklama, firma va

boshqa maxsus nomlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, "va boshqalar" so'zlari va sanoat namunasini

aynanlashtirish maqsadlariga xizmat qilmaydigan shunga o'xshash so'zlar hamda mahalliy va jargon

atamalar kiritilmaydi.

Sanoat namunasining nomi birlikda bayon qilinadi. Birlikda ishlatilmaydigan nomlar (masalan,

"Suvenir shaxmat donalari") bundan mustasno, juft buyumlarning nomlari haqida so'z yuritilayotgan

holatlarda sifatlovchi so'zlar (masalan, "Bolalar uy poyabzali") ko’plikda ishlatiladi.

Agar talabnoma sanoat namunasining variantlariga berilayotgan bo'lsa, u holda uning nomi

birlikda bayon qilinadi, qavslarda esa variantlarning soni ko'rsatiladi: "Dur (2 variantda)".

Agar talabnoma o'zi bilan buyumlarning jamlamasini (to’plamini) ifoda qiladigan obyektning

badiiy-konstruktorlik yechimiga berilayotgan bo'lsa, sanoat namunasining nomida "to’plam", "jamlama"

so'zlari bo'lishi lozim (masalan, "Manzarali g'ishtlar to'plami", "Sarhadlar uchun plitka-modullar

to'plami").

33. Tavsifning "Sanoat namunasining vazifasm va qo'llanilishi sohasi" bo'limida talabnoma

berilgan sanoat namunasining vazifasi va qo'llanilish sohasi to'g'risidagi ma’lumotlar keltiriladi hamda

undan foydalanishning afzalroq sohasi ko'rsatiladi.

34. Tavsifning "Sanoat namunasining analoglari" bo'limida aniqlangan analoglarning ta’rifi

keltiriladi va ulardan qaysi biri talabnoma berilgan sanoat namunasiga eng yaqin analogi ekanligi

ko'rsatiladi.

Sanoat namunasining analoglari - bu uning ustuvorlik sanasigacha hamma foydalana olishi

mumkin bo'lgan ma’lumotlardan ma’lum bo'lgan, talabnoma berilgan sanoat namunasi bilan aynan shu

vazifaga mo'ljallangan buyumning tashqi ko'rinishiga mansub u bilan muhim alomatlar bo'yicha

o'xshash badiiy-konstruktorlik yechimlaridir.

Eng yaqin analog - bu talabnoma berilgan sanoat namunasi bilan muhim alomatlar majmui

bo'yicha eng o'xshash analogidir.

Ushbu bo'limda keltirilgan analoglarni ichiga olgan axborot manbalarining bibliografik

ma’lumotlari, hamda talabnomada bo'lishi lozim bo'lgan eng yaqin analogining tasviriga ko'rsatma

ko'rsatiladi.

Talabnomada sanoat namunasining variantlari mavjud bo'lganida, odatda barcha variantlar

uchun eng yaqin bo'lgan analog keltiriladi.

Agar analoglardan hech biri bir vaqtning o'zida barcha variantlar uchun eng yaqin analog bo'la

olmasa, ulardan har biriga eng yaqin analogi ko'rsatilishi mumkin.

35. "Sanoat namunasi tasvirlarining va sanoat namunasini ko'rsatib beruvchi taqdim etilgan

boshqa materiallarning ro'yxati" bo'limida tasvirlar, hamda agar ular taqdim etilgan bo'lsa, chizmalar,

sxemalar, konfeksion kartalar ularning raqamlanishiga muvofiq sanab o'tiladi va ularning har birida

nima tasvirlanganligi haqida qisqacha ko'rsatma keltiriladi.

36. Sanoat namunasining mohiyati buyumning tasvirlarida aks ettirilgan va buyumning tashqi

ko'rinishini uning talabnoma beruvchi tomonidan ko'rsatib o'tilgan alohida xususiyatlari bilan

belgilaydigan uning muhim alomatlari bilan birgalikda keltirilgan alomatlar majmui bilan ta’riflanadi.

Agar alomatlar buyumning tashqi ko'rinishi alohida xususiyatlarini, xususan shakli,

konfiguratsiyasi, ornamenti va ranglarning ishlatilishini belgilasa, ular muhim alomatlarga mansub

bo'ladi.

Sanoat namunasining mohiyatini ochib berish uchun uning tasvirlarda aks ettirilgan muhim

alomatlari majmuining so'z bilan ifodalangan ta’rifi tasvirlarga (shuningdek, buyumning umumiy

ko'rinishi chizmasiga, ergonomik sxemasiga, konfeksion kartasiga, agar ular bo'lsa) havola qilingan

holda keltiriladi.

Bu holda talabnoma berilgan sanoat namunasining eng yaqin analogidan farqlanadigan muhim

alomatlari ajratib ko'rsatiladi.

37. Tavsifning "Sanoat namunasining mohiyati" bo'limida shuningdek talabnoma berilgan sanoat

namunasining estetik va(yoki) ergonomik alohida xususiyatlari qayd etiladi va muhim alomatlarga,

agar bu yaqqol namoyon bo'lmasa, ko'rsatilgan alohida xususiyatlarga ega bo'lgan buyumning tashqi

ko'rinishini shakllantirishga taalluqli bo'lgan alomatlarning ta’siri tushuntirib beriladi.

Estetik va(yoki) ergonomik alohida xususiyatlar, masalan quyidagilar bilan ifodalanishi mumkin:

kompozitsiya elementlari qabul qilinishi ketma-ketligiga yordam beruvchi bosh alomat atrofida

barcha alomatlarning birlashishi tufayli qismlar bo'ysunganligining ta’minlanganligi (tarmoqlangan

fazoviy tuzilmaga ega obyekt uchun);

boshqaruv organlari zonalariga to'liq yetib borish ularning har birining ishlatilishi va yetishish

mumkinligini hisobga olgan holda ta’minlanganligi (uchuvchi kabinasi, avtomobil rultlari uchun);

o'ramlanishi qadimiy quticha (shkatulka)ning yangilangan tasviri ko'rinishida bezatilgan,

etiketkasi esa eskirib ketgan rarirus ko'rinishini aks ettirgan (tegishlicha choyning kolleksiya qilinadigan

navlari va yuqori markali vinolar uchun);

qo'llanilish vazifasi va foydalanish qulayligining alohida xususiyatlari aniqlangan (sport

inventarlari va jihozlari, armiya aslahalari, murakkab maishiy elektrotexnika);

mashinaning kuchi va quvvatini ifodalaydigan obrazning yaratilganligi (ekskavator uchun);

razm solganda hosil bo'lgan obraz mashinaning ishlab chiqarish uchun emasligini, maishiy

xarakterda ekanini aks ettiradi (bog'-tomorqa uchun minitraktor);

mashinaning obrazli ta’rifida bolaning jismoniy layoqatsizligini rsixologik komrensasiyalash

maqsadida uning maxsus vazifasi yashirilganligi (nogiron bolalar uchun velomobil).

38. Asboblar, stanoklar va boshqa shunga o'xshash hajmli sanoat namunalarining tashqi

ko'rinishini ta’riflashda ergonomik alohida xususiyatlarni tasdiqlash uchun sanoat namunasi sifatida

talabnoma berilgan buyumning ishi va/yoki ishlatilishi, inson va buyumning o'zaro aloqalarining alohida

xususiyatlarini ochib berish uchun buyum tashqi ko'rinishining muhim kompozitsion va funksional

elementlari, bo'g'im va detallarining o'zaro ta’sirini ta’riflab berish lozim.

39. Jamlama (to'plam)ni ta’riflashda uning tarkibiga kiradigan umumiy vazifani amalga

oshiruvchi funksiyalarni bajaradigan barcha buyumlar ko'rsatiladi. Jamlama (to'plam) buyumlari barcha

elementlarining badiiy-konstruktorlik yechimi shakl hosil qilishning yagona obrazli, masalan, plastik

va/yoki stilistik tamoyilidan foydalangan holda bajarilishi lozim hamda tasvirda va muhim alomatlar

majmuida o'z aksini torishi kerak. Jamlamaning barcha buyumlari uchun umumiy bo'lgan alomatlardan

tashqari ayrim buyumlarning alohida xususiyatlarini ta’riflovchi alomatlar ko'rsatiladi.

40. Talabnomada sanoat namunasining variantlari mavjud bo'lganida muhim alomatlar majmui

barcha variantlar uchun, masalan, asosiy kompozitsion elementlar va ularning joylashishini, shakli,

plastik ishlanganligi va boshqalarni ta’riflovchi, yagona ijodiy fikrni tasdiqlaydigan ustun alomatlarni

ko'rsatgan holda to'liq bayon qilinadi va variantlarni bir-biridan farqlovchi alomatlar ajratib ko'rsatiladi.

Variantlarni bir-biridan farqlovchi alomatlar, odatda asosiylariga qo'shimcha bo'lib hisoblanadi va

asosiy kompozitsion elementlarning ishlanganligini, koloristik yechimini, qo'shimcha qismlar va

elementlarni hamda ularni ishlanganligini va boshqalarni ta’riflaydi.

41. Sanoat namunasining mohiyatini ochib berishda alomatni uni amalga oshirishning turli

shakllarini ta’riflovchi muqobil tushunchalar ko'rinishida ifodalashga yo'l qo'yilmaydi. Agar alomatni

amalga oshirishning turli shakllari boshqa alomatlar bilan birgalikda bir xil estetik va ergonomik alohida

xususiyatlari bo'lgan buyumning tashqi ko'rinishini belgilasa, u amalga oshirishning ko'rsatilgan

shakllarini tavsiflovchi alomatlar mansub bo'lgan holda sanoat namunasining variantlari ta’riflanadi.

Masalan, shaklni "doirasimon yoki kvadrat" yoki "doirasimon, kvadrat" kabi ta’riflash noto'g'ri. Bitta

variantda "doirasimon", ikkinchi variantda esa "kvadrat" kabi keltirish lozim.

42. Sanoat namunasini ta’riflashda umuman buyumda yoki uning elementida so'zli belgilarning

ma'no ishoralarini ifodalaydigan alomatlardan foydalanish kerak emas, chunki ma'no ishoralari

buyumning tashqi ko'rinishi alohida xususiyatlariga ta’sir qilmaydi.

43. Alomatning ta’rifini ushbu alomat ochib berilgan axborot manbaiga havola qilgan holda

almashtirishga yo'l qo'yilmaydi.

44. Asosida rivojlangan hajmiy-fazoviy tuzilma (masalan, stanok, qishloq xo'jaligi mashinasi,

motosikl va shunga o'xshashlar) yotgan murakkab kompozitsiyaga ega bo'lgan buyumlarning badiiy-

konstruktorlik yechimlarini ta’riflash uchun xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

a) kompozitsion elementlarning mavjudligi;

b) elementlarning o'zaro joylashganligi;

v) kompozitsion elementlarning shakli.

45. Monoblok kompozitsiyali buyumlarning (masalan, televizor, radiopriyomnik, shchit asbobi,

shkatulka) badiiy-konstruktorlik yechimlarni hamda elementar geometrik hajmlarning (masalan,

seksiyali mebel blok) nisbatlariga qurilgan yechimlarni ta’riflash uchun xususan, quyidagi alomatlardan

foydalaniladi:

a) kompozitsion elementlarning tarkibi va taqsimlanishi;

b) odatda buyumning frontal yuzasida joylashgan ushbu elementlarning plastik, grafik, rangli va

faktura yechimi.

46. Tekis kompozitsiyaga ega bo'lgan badiiy-konstruktorlik yechimlarni (masalan, ro'mollar,

matolar, gilamlar) ta’riflash uchun xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:

a) kompozitsion qurilganligi;

b) elementlar, ornament mavzularining ritmik tashkil qilinganligi, chiziqli-grafik nisbatlari;

v) ornament mavzularini ishlanganligi;

g) koloristik yechimi;

d) faktura (mato iplarining to'qilmasi) tabiati.

47. Kiyimning badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflash uchun xususan, quyidagi alomatlardan

foydalaniladi:

a) modelning hajmiy xarakteristikasi bo'lgan shakli;

b) qismlarning o'zaro orasidagi nisbatlarini belgilaydigan proporsiyalar;

v) modelning tekislik xarakteristikasi bo'lgan silueti;

g) biron-bir elementlarning o'lchamli kema-ket kelishini belgilaydigan ritm;

d) detallari, ya’ni kiyimning istalgan qismida uning yuzasiga qo'yiladigan elementlar, ularning

shakli;

e) ishlov berilganlik, ya’ni modelning yechimida manzarali ahamiyatga ega bo'lgan, buyumning

utilitar qo'llanilishi nuqtai nazaridan funksional ahamiyatga ega bo'lmagan element, uning ishlatilishi

bir vaqtning o'zida texnologik usul bo'lishi mumkin (masalan, kiyim chetlariga ishlov berish, chokning

birlashtiruvchi detalini mustahkamlash va shunga o'xshashlar);

j) alohida qismlarini birlashtirish va ajratish uchun buyumning tuzilmasiga kiradigan hamda

dekorativ element vazifasini o'taydigan furnitura (tugmalar, ilgaklar va boshqalar);

z) material.

48. Poyabzalning badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflash uchun xususan, quyidagi alomatlardan

foydalaniladi:

a) jumladan kolodka shaklini ichiga oladigan, modelning hajmiy xarakteristikasi hisoblangan

shakl;

b) poyabzal yuqori va quyi qismining konstruksiyasi;

v) konstruksiya elementlarining (tutashtiruvchi qismi, bersasi, orqa tomoni, qo'nji, tagligi va

shunga o'xshashlarning) tarkibi, shakli va o'zaro joylashganligi;

g) material, dekorativ alohida xususiyatlari bilan birga;

d) ishlov berish detallari;

e) furniturasi;

j) koloristik yechimi.

49. Buyumlarning jamlamalarining (to’plamlarining) badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflash

uchun tegishli buyumlarning badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflash uchun ishlatiladigan alomatlardan

tashqari xususan, quyidagilarni aks ettiradigan alomatlardan foydalaniladi:

a) qismlarning o'zaro ta’sirlashish tabiati;

b) elementlarning bo'ysunganligi;

v) dastlabki elementlarning va ushbu elementlardan foydalanish asosida yaratilgan

buyumlarning ham, umuman barcha jamlamaning (to’plamning) ham proporsional tuzilishi.

50. Matbaa mahsulotlarining badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflashda (masalan, muqovalar,

etiketkalar, yorliqlar, nakleykalar va shunga o'xshashlar) xususan, quyidagilarni aks ettiradigan

alomatlardan foydalaniladi:

a) kompozitsion qurilganligi;

b) grafika elementlari, tasviriy mavzular, ornamentning ishlanganligi;

v) shrift grafikasining joylashganligi va bajarilganligi (yozuvlarning ma'no va (yoki) fonetik

mazmunisiz);

g) koloristik yechimi.

51. Tashqi ko'rinishi ikkita: yoriq (yig'ilgan) va ochiq holatlar bilan aniqlanadigan buyumlarning

(masalan, shkaflar, muzlatgichlar, yoriq korrusdagi asboblar, telefon budkalari va shunga

o'xshashlarning) badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflashda alomatlar sifatida buyumning tashqi

ko'rinishining ham va ichki hajmining ham ishlanma elementlari bo'lishi mumkin.

52. Badiiy-konstruktorlik yechimini ta’riflashda alomat shuningdek, buyum yoki uning elementi,

tashqi ko'rinishining boshqa vazifadagi ma’lum buyum tashqi ko'rinishi bilan mos kelishini ko'rsatish

yo'li bilan ham ifodalanishi mumkin.

53. Talabnoma berilayotgan badiiy-konstruktorlik yechimida talabnoma topshirilgan yoki

muhofaza hujjatlari olingan sanoat mulkining boshqa obyektlarining buyumlari mavjud bo'lganida va

bu haqida talabnoma beruvchiga ma’lum bo'lsa, ushbu hujjatlar to'g'risidagi axborot manbalarini

aniqlashga etarli bo'lgan ma’lumotlarni ko'rsatish lozim.

54. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmui tasvirlarda aks etgan patent bilan taqdim

qilinuvchi so'ralayotgan huquqiy muhofaza hajmini belgilovchi alomatlarni to'g'ri talqin etish uchun

mo'ljallangan.

55. Muhim alomatlar majmuiga odatda, sanoat namunasining mohiyatini ochib berishga

nisbatan ancha qisqaroq tuzilgan, muhim alomatlarga mansub barcha alomatlar kiritiladi.

56. Muhim alomatlar majmuiga kiritilgan alomatlar sanoat namunasining mohiyatini uni ochib

berishda foydalanilgan tushunchalar bilan ifodalashi lozim.

57. Ro'yxatga kiritilgan alomatlarni absolyut o'lchamlar yoxud buyumning tasvirlangan

elementlari o'lchamlarining ko'z bilan farqlanmaydigan nisbatlari bilan ifodalash tavsiya etilmaydi.

Buyumni tamg'asi bo'lgan, xizmat va iste’mol ahamiyatiga ega bo'lgan grafika tasvirlarini (yuqoriga,

dumalatilmasin, shtrix-kod va boshqalar), agar ular standart usulida bajarilgan bo'lsa tavsif ro'yxatiga

kiritish tavsiya etilmaydi.

58. Muhim alomatlar majmuiga kiritilgan alomatlar tinch holatda turgan buyumning tashqi

ko'rinishini ta’riflash uchun imkon bergan holda bayon qilinadi.

Buyumning tashqi ko'rinishini ta’riflashda uning o'zgartirilishi mumkinligini, shakl elementlarining

holatni o'zgartirish imkoniyati bilan bajarilganligini va shunga o'xshashlarni ko'rsatishga yo'l qo'yiladi.

59. Sanoat namunasining alomatlari muhim alomatlar majmuida shunday ifodalanadiki, bunda

ushbu alomatlar ta’riflangan tushunchalarning ma'no mazmuni mutaxassis tomonidan buyum (maket,

rasm) tasvirlaridagi tasvirlar elementlari bilan ularni aynanlashtirish uchun bir xil tushunish

imkoniyatini ta’minlanishi kerak.

60. Muhim alomatlar majmuidagi alomatning ta’rifi buyum (maket, rasm) tasvirlariga havola

qilingan holda almashtirilishi mumkin emas, ushbu Qoidalarning 59-bandi talablari buzilmagan holda

alomatni bunday havola qilmasdan ta’riflash mumkin bo'lmagan holatlar bundan mustasno.

61. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmui, odatda eng yaqin analogining alomatlari

bilan mos keladigan sanoat namunasining muhim alomatlarini, shu jumladan vazifasini aks ettiruvchi

turkum tushunchalarni ichiga oladigan cheklovchi qismdan va sanoat namunasini eng yaqin analogidan

farqlaydigan muhim alomatlarni ichiga olgan farqlovchi qismidan iborat.

62. Talabnomada sanoat namunasining variantlari mavjud bo'lganida muhim alomatlar majmui

barcha variantlar uchun umumiy bo'lgan muhim alomatlarni (ham eng yaqin analogiga mos keladigan

va hamda farqlanadigan), shu jumladan sanoat namunasining vazifasini aks ettiruvchi turkum

tushunchalarni ichiga olgan qism ko'rinishida bayon qilinadi, so'ngra "1 (2 va boshqa)-variant

quyidagilarning mavjudligi (bajarilganligi va shunga o'xshashlar) bilan ta’riflanadi" so'zlari bilan aniq bir

ko'rsatilgan variantga xos muhim alomatlar keltiriladi.

63. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmui alohida varaqda taqdim etiladi.

64. Umumiy ko'rinishning chizmasi sanoat namunasining mohiyatini ochib berish va uning tashqi

o'lchamlari, proporsional nisbatlarini aniqlash uchun zarur bo'lgan hollarda taqdim etiladi.

Chizmalar texnik chizmalarni tayyorlash qoidalariga binoan bajariladi.

65. Ergonomoik ishlovni ko'zda tutadigan buyumga mansub sanoat namunasiga talabnoma

topshirilganda, ushbu buyumning ergonomik sxemasi taqdim etiladi.

66. Chizmalar va sxemalar tavsif matniga qat'iy muvofiq bo'lishi kerak.

67. Chizma yoki sxemada buyum elementlarining predmet-fazoviy tashkil qilinganligini

tavsiflovchi va inson faoliyatining funksional zonalarida asosiy elementlarning joylashuvi, buyumni

tasarruf etish qulayligi to'g'risida fikr yuritishga imkon beruvchi buyum va uning elementlarining tashqi

o'lchamlari (axborotni aks ettirish vositalari va boshqaruv organlarini joylashtirish balandligi, kengligi,

chuqurligi, ish yuzasi, shaklning yaqin joylashgan elementlari orasidagi masofa) ko'rsatilishi lozim.

68. Chizmalar va sxemalardagi asosiy shakl hosil qiluvchi elementlar tavsifdagi kabi o'sha arab

raqamlari bilan belgilanadi. Chizmaning (sxemaning) bir qancha figuralaridagi aynan bitta detal yoki

bo'g'im bitta raqam bilan belgilanadi. Tavsifda eslatib o'tilmagan havola qilinadigan belgilar

chizmalarda (sxemalarda) qo'yilmaydi va aksincha.

69. Chizmalardagi (sxemalardagi) chiqariladigan chiziqlar aniq bo'lishi kerak. Raqamli va harfli

belgilarni qavslar, aylanalar yoki qo'shtirnoqlar ichida ko'rsatilishiga yo'l qo'yilmaydi. Raqamlar va

harflarning balandligi 3,2 mm dan kam bo'lmasligi lozim.

70. Chizmalar (sxemalar) "ochiq", "yoriq" kabi zarur bo'lgan so'zlardan tashqari hech qanday

yozuvlarni ichiga olmasligi lozim.

71. Chizmadagi tasvir odatda to'g'ri burchakli (ortogonal) proyeksiyalarda (turli ko'rinishlarda,

qirqimlarda, kesimlarda) taqdim etilishi lozim. Yaqqol ko'rinishi uchun uni aksonometrik proyeksiyada

taqdim etilishiga yo'l qo'yiladi. Chizmadagi har bir element boshqa barcha elementlarga proporsional

holda bajariladi, elementni aniq tasvirlash uchun turli proporsiyalarning farqlanishi zarur bo'lgan hollar

bundan mustasno.

72. Chizmalar, sxemalar va izoh beruvchi rasmlar alohida varaqlarda taqdim etiladi va har bir

varag'ining yuqorisidagi o'ng burchakda sanoat namunasining nomi keltirilishi tavsiya qilinadi.

Chizmaning bitta varag'ida bir qancha figuralar joylashishi mumkin, bu holda ular bir-biridan

aniq ajratilgan bo'lishi lozim. Agar ikki va undan ko'r varaqlarda joylashgan figuralar yagona figurani

tashkil qilsa, u holda ushbu to'liq figura turli varaqlarda tasvirlangan biron-bir qismi qoldirilmay

komronovka qilinishi mumkin bo'lgan holda joylashtiriladi.

Alohida figuralar varaqda yoki varaqlarda varaqlar maksimal darajada to'ldirilgan holda, chizma

esa varaqning uzun tomonidan vertikal holatda o'qish mumkin bo'lgan holda joylashtiriladi.

73. Har bir chizma (sxema) figura sifatida, masalan, "fig.1", "fig.2" va boshqalar kabi tasvir

turidan qat'iy nazar yagona raqamlash tartibida, tavsif matnida bayon qilinishi tartibiga muvofiq

raqamlanadi. Agar tavsif bitta figura bilan izohlansa, u raqamlanmaydi.

74. Yengil sanoat buyumlariga taalluqli sanoat namunasiga talabnoma topshirilganida

talabnomaga zarur bo'lganda konfeksion karta, ya’ni buyumni tayyorlash uchun tavsiya etiladigan

to'qimachilik, trikotaj materiallari, teri, furnitura, rardozlash va boshqalarning namunalari ilova qilinadi.

Dekorativ materiallar, gilamlar, matolarning namunalari rasm rapporti o'lchamida taqdim etiladi.

3-§. Yo'l qo'yib bo'lmaydigan elementlar

75. Talabnomada a) jamoat manfaatlariga (shu jumladan jamoat tartibiga) va qabul qilingan

ahloq-odob me'yorlariga zid (umuminsoniy, fuqarolik, oila, diniy va boshqa ahloq rrinsirlariga va

ularning buzilishi jamiyatga yoki uning bir qismiga yoxud uning alohida vakillariga ma'naviy zarar

etkazadigan) iboralar, chizmalar, rasmlar, tasvirlar va boshqa materiallar; b) ahloqsiz, jargon yoki

qabih so'zlar, iboralar, tasvirlar yoki shunday ma'noga ega bo'lganlar; sanoat namunasiga ochiqdan-

ochiq taalluqli bo'lmagan yoxud talabnoma hujjatlarini ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq deb

e’tirof etish uchun zarur bo'lmagan ma’lumotlar va fikrlar bo'lmasligi lozim.

76. Tavsifning "Sanoat namunasining analoglari" bo'limida keltirilgan ma’lum sanoat

namunalarining kamchiligini oddiy tarzda ko'rsatish yo'l qo'yib bo'lmaydigan element deb

hisoblanmaydi.

4-§. Atamalar va belgilar

77. Sanoat namunasining tavsifida va uni tushuntirib beruvchi materiallarda standartlashtirilgan

atamalar va qisqartmalar, ular mavjud bo'lmagan hollarda esa ilmiy va texnikaviy adabiyotda hamma

qabul qilgan atamalar va qisqartmalar qo'llaniladi.

Adabiyotda keng qo'llanilmaydigan atama va qisqartmalar ishlatilganda, ularning ma'nosi

matnda birinchi marta qo'llanilganda tushuntirib beriladi.

Hamma shartli belgilar rasshifrovka qilinadi.

Tavsifda yagona atamalarga rioya qilinadi, ya’ni aynan bir xil belgilar tavsifning matnida bir xil

ataladi. Atamaning yagonalik talabi, shuningdek, fizikaviy birliklar va foydalaniladigan shartli belgilarga

ham taalluqlidir.

Sanoat namunasining nomi zaruriyat bo'lganda lotin alifbosi simvollari va arab raqamlarini ichiga

olishi mumkin. Sanoat namunasining nomida boshqa alifbo simvollari va maxsus belgilarning

ishlatilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Fizikaviy kattaliklar amaldagi SI Xalqaro birliklar sistemasi birliklari bilan ifoda etiladi.

5-§. Talabnoma hujjatlarini rasmiylashtirish

78. Hamma hujjatlar zarur bo'lgan hollarda ularni bevosita reproduksiya qilinib, cheklanmagan

miqdorda nusxa ko'chirish imkoniyati bo'lgan tarzda rasmiylashtiriladi.

Har bir varaqning faqat bir tomonidan, qatorlarni varaqning kichik tomoniga parallel

joylashtirilgan holda foydalaniladi.

79. Talabnomaning hujjatlari rishiq, oq, tekis, yarqiramaydigan qog'ozda bajariladi. Talabnoma

hujjatlarini MO'T da ham berish mumkin.

80. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. Varaqlar 210x297 mm formatga

ega bo'ladi. Tavsif va muhim alomatlar majmuini o'z ichiga olgan varaqlardagi hoshiyaning eng kichik

o'lchamlari quyidagicha bajariladi, mm:

yuqoridagi - 20;

o'ngdagi - 20;

quyidagi - 20;

chapdagi - 30.

Chizmalar yoki reproduksiyalarni ichiga olgan varaqlardagi foydalaniladigan sathning o'lchami

170-262 mmdan oshmasligi lozim. Hoshiyalarning o'lchami quyidagilardan kam bo'lmasligi kerak,

(mm):

yuqoridagi - 25;

o'ngdagi - 15;

quyidagi - 10;

chapdagi - 25.

Bu varaqlarda foydalanilgan yoki foydalanishga yaroqli sath atrofida ramka chizilmasligi lozim.

Talabnomaning har bir hujjatida ikkinchi va keyingi varaqlar birdan boshlab ketma-ket arab

raqamlari bilan raqamlarning alohida seriyalaridan foydalanilgan holda raqamlab chiqiladi.

Raqamlashning birinchi seriyasiga ariza, ikkinchisiga sanoat namunasining tasviri, uchinchisiga tavsif

va muhim alomatlar ro'yxati taalluqlidir. Agar talabnoma chizmalar va boshqa materiallarni ichiga

olgan bo'lsa, ular alohida seriya ko'rinishida raqamlanadi.

MO'Tda taqdim etiladigan materiallarga talablar Patent idorasi tomonidan belgilanadi.

81. Hujjatlar qora rangli shrift bilan bosmadan chiqariladi. Tavsifning matnlari 1,5 interval orqali

bosh harflarining balandligi 2,1 mm dan kam bo'lmagan holda bosmadan chiqariladi.

82. Grafik simvollar, lotincha nomlar, lotincha va yunoncha harflar siyoh, qora rangli rasta yoki

tush bilan keyin yozib qo'yilishi mumkin.

83. Axborot manbalarining bibliografiya ma’lumotlari ular bo'yicha axborot manbaini torish

mumkin bo'lgan holda ko'rsatilishi lozim.

6-§. Talabnomani topshirish

84. Sanoat namunasining muallifi, ish beruvchi yoki ularning huquq vorislari talabnoma

topshirish va patent olish huquqiga ega.

85. Talabnoma bevosita Patent idorasiga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.

86. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Patent idorasida ro'yxatdan

o'tkazilgan patent vakillari yoxud boshqa vakil orqali topshirilishi mumkin.

87. Qonunning 35-moddasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashaydigan

jismoniy shaxslar yoki xorijiy yuridik shaxslar, agar O'zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro

shartnomada boshqacha qoidalar ko'zda tutilmagan bo'lsa, talabnoma berish va patent olish bilan

bog'liq ishlarni Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilgan patent vakillari orqali olib boradilar.

II bob. Patent olish bo'yicha ishlarni olib borish

7-§. Vakil tayinlash

88. Talabnoma bo'yicha ishlarni olib borish va talabnomani ko'rib chiqishda o'z manfaatlarini

himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma berish orqali vakil tayinlashi mumkin.

Patent idorasi oldida vakillik qilish uchun ishonchnoma O'zbekiston Respublikasida

rasmiylashtiriladi va u oddiy yozma shaklda tuziladi.

Agar ishonchnoma o'zbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan bo'lsa, unga tarjimasi ilova

qilinadi.

Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda taqdim etiladi.

Agar ishonchnoma Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilgan bir necha patent vakili nomiga

berilgan bo'lsa, u holda talabnoma bo'yicha patent olish ishlari ularning istalgani tomonidan olib

borilaveradi.

8-§. Patent idorasi bilan yozishmalarni olib borish

89. Yozishma talabnoma beruvchi yoki uning ushbu ishga vakolat berilgan vakili bilan har bir

talabnoma bo'yicha alohida olib boriladi.

90. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami va

talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoxud ishonchli vakilining imzosi bo'lishi shart.

Talabnoma raqami ko'rsatilmagan materiallar, agar raqamni bilvosita aniqlash imkoni bo'lmasa,

qaytarib yuboriladi.

91. Talabnoma bo'yicha ish yuritish jarayonida yuboriladigan materiallar Qonunda belgilangan

muddatlarda taqdim etiladi.

92. Patent idorasiga talablarni buzilgan holda taqdim etilgan materiallar bo'yicha bildirishnoma

yuborilgan sanadan boshlab uch oylik muddatda tuzatilgan va yetishmayotgan materiallarni taqdim

etish taklif etilgan so'rovnoma yuboriladi. Talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoxud ishonchli

shaxsi bo'lmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan materiallar ko'rib chiqilmaydi. Bunday

materiallarni topshirgan shaxsga tegishli bildirishnoma yuboriladi.

9-§. Talabnoma hujjatlariga tuzatishlar, aniqliklar va qo'shimchalar kiritish

93. Qonunning 20-moddasiga ko'ra talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan sanadan

e’tiboran ikki oy mobaynida talabnomada ko'rsatilgan sanoat mulki obyektining mohiyatini

o'zgartirmagan holda tuzatishlar, aniqliklar yoki qo'shimcha materiallar kiritish huquqiga ega.

94. Belgilangan miqdordagi patent boji to'langan taqdirda talabnoma bo'yicha tuzatishlar,

aniqliklar yoki qo'shimcha materiallar ko'rsatilgan muddat o'tgandan keyin ham, lekin patent berish

haqidagi qaror chiqarilgunga qadar tegishli ariza berish yo'li bilan kiritilishi mumkin.

Arizaga, talabnoma materiallariga o'zgartirishlar kiritish uchun patent boji to'langani haqidagi

hujjat ilova qilinadi. Patent boji to'langani haqidagi hujjat taqdim etilmagan taqdirda yuridik

ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

To'langan patent bojining summasi belgilangan miqdordan kam bo'lganda talabnoma beruvchi

Patent idorasi tomonidan yetishmayotgan patent bojini to'lash haqidagi bildirishnoma yuborilgan

sanadan boshlab uch oy ichida kerakli summani to'lash huquqiga ega.

95. Talabnoma materiallariga tuzatishlar, aniqliklar va qo'shimchalar kiritish talabnoma beruvchi

tomonidan tegishli yozma arizalar va almashtiriladigan varaqlar, tasvirlarni topshirish yo'li bilan amalga

oshiriladi. Ariza shakllari ushbu Qoidalarga berilgan 2,3,4-ilovalarda keltirilgan.

Almashtiriladigan varaqlar yoki tasvirlar talabnoma tegishli hujjatining har bir nusxasi uchun

taqdim etiladi. Almashtiriladigan varaqlar o'zbek yoki rus tilida taqdim etiladi.

Talabnoma beruvchi ariza Patent idorasiga kelib tushganligi va uni ko'rib chiqish natijalari

haqida xabardor qilinadi.

96. Talabnoma beruvchi - yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi (ismi,

otasining ismi) o'zgartirilganda Patent idorasiga talabnoma beruvchining nomiga o'zgartirish kiritish

haqida ariza beriladi va ushbu o'zgartirishlarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi. Ariza shakli ushbu

Qoidalarga berilgan 2-ilovada keltirilgan.

97. Talabnomaga bo'lgan huquq boshqa shaxsga o'tkazilgan holda Patent idorasiga talabnoma

beruvchini o'zgartirish to'g'risidagi yozuvni kiritish haqida ariza beriladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga

berilgan 3-ilovada keltirilgan.

Patent olishga bo'lgan huquqni boshqa shaxsga o'tkazilishida yoki talabnoma beruvchining nomi

o'zgarishi natijasida talabnoma beruvchi haqidagi ko'rsatmani o'zgartirish sanoat namunasini tegishli

davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazish sanasigacha amalga oshirilishi mumkin.

Arizada talabnomaga bo'lgan huquq boshqa shaxsga - huquq vorisiga o'tkazilishi haqida

ko'rsatma, bu shaxs haqidagi ushbu Qoidalarning 14, 17-bandlarida ko'zda tutilgan ma’lumotlar

keltirilishi lozim.

Ariza faqat talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan holda, unga talabnoma beruvchi va

uning huquq vorisi tomonidan imzolangan huquq o'tkazilganligini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.

98. Belgilangan talablar bajarilgan holda talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi talabnoma

materiallariga talabnoma beruvchi o'zgartirilganligi to'g'risidagi yozuv kiritilganligi haqida xabardor

qilinadi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.

Talabnomaga bo'lgan huquq o'tgan sana deb talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga

talabnoma beruvchi o'zgartirilganligi to'g'risidagi yozuv kiritilganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan

sana hisoblanadi. Belgilangan talablar bajarilmagan holda talabnoma beruvchi va uning huquq vorisi

taqdim etilgan hujjatlarni aniqlashtirish va/yoki tuzatish haqida yoki tegishli sabablarni ko'rsatgan

holda talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi o'zgartirilganligi to'g'risidagi yozuv kiritish mumkin

emasligi haqida xabardor qilinadi.

99. Patent idorasi talabnoma hujjatlarida yo'l qo'yilgan xatolarni tuzatish haqidagi tegishli

talabnoma raqami va tuzatilishi lozim bo'lgan xato ko'rsatilgan talabnoma beruvchi yoki uning patent

vakili tomonidan imzolangan arizani qabul qiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 4-ilovada

keltirilgan.

Talabnoma hujjatlarida yaqqol ayon bo'lgan va texnik xatolarni tuzatish sanoat namunasini

tegishli davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazish sanasiga qadar amalga oshirilishi mumkin. Agar

mutaxassis uchun umum e’tirof etilgan bilimlardan taklif etilgan tuzatishdan boshqa harakat ayon

bo'lmasa, tuzatish yaqqol ayon deb hisoblanadi.

Agar tuzatishlar bibliografiya ma’lumotlarini ko'rsatishdagi xatoliklarga va boshqa shu kabi

xatolarga oid bo'lib, hujjatni tuzatish bevosita nusxa olishda aniqlikka nisbatan salbiy oqibatlarga olib

kelmasa, tuzatish kiritish zarurligi avvalgisini o'rnini bosadigan varaqlarni taqdim etmasdan talabnoma

beruvchining xatida bayon qilinishi mumkin.

100. Belgilangan talablar bajarilmagan holda, talabnoma beruvchi taqdim etilgan hujjatlarga

aniqlar kiritish va/yoki tuzatish lozimligi haqida yoki tegishli sabablarni ko'rsatib, talabnoma

materiallariga o'zgartirish kiritish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.

101. Sanoat namunasi birligi talabi buzilgan holda topshirilgan talabnoma, talabnoma

beruvchining iltimosiga ko'ra ikki yoki bir necha talabnomalarga ajratilishi mumkin (bundan buyon -

ajratilgan alohida talabnoma).

102. Ajratilgan alohida talabnomalar bo'yicha birinchi talabnomaning topshirish sanasi va sanoat

namunasi ustuvorligi, birinchi talabnoma bo'yicha bir muncha ilgariroq ustuvorlikni belgilash huquqi

mavjud bo'lgan holda esa, ushbu ustuvorlik saqlab qolinadi.

103. Iltimosnoma bilan birga ushbu Qoidalarning 5-79-bandlariga muvofiq rasmiylashtirilgan

hujjatlar va belgilangan miqdorda patent boji to'langani haqidagi hujjat yoki patent bojini to'lashdan

ozod etish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.

10-§. So'ralgan materiallarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish

104. Qonunning 20-moddasi uchinchi qismiga muvofiq belgilangan talablar buzilgan holda

rasmiylashtirilgan talabnoma bo'yicha talabnoma beruvchiga yetishmagan yoki tuzatilgan materiallarni

so'rovnoma jo'natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif qilingan so'rovnoma

yuboriladi. So'ralgan materiallarni talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etish muddati belgilangan

muddatni uzaytirish to'g'risida iltimosnoma berilgan holda uzaytirilishi mumkin.

Iltimosnomaga muddatni uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji to'langanini

tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.

105. Muddatni uzaytirish to'g'risidagi iltimosnoma so'rovnoma talabnoma beruvchiga yuborilgan

sanadan boshlab uch oy ichida taqdim etiladi.

Belgilangan muddat Patent idorasi tomonidan belgilangan muddat tugagan sanadan 12 oydan

ko'r bo'lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

106. So'ralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi haqida talabnoma beruvchiga

xabar beriladi.

107. Iltimosnomani taqdim etish muddatiga rioya qilinmagan holda talabnoma beruvchining

iltimosnomasi qanoatlantirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

11-§. O'tkazib yuborilgan muddatlarini tiklash

108. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan o'tkazib yuborilgan

ekspertiza so'rovnomasi bo'yicha qo'shimcha materiallarni taqdim etish muddatlari tiklanishi mumkin.

109. O'tkazib yuborilgan muddatlarni tiklash to'g'risidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi

tomonidan taqdim etish muddati o'tkazib yuborilgan hujjat bilan birga muddat o'tkazib yuborilgan

kundan e’tiboran o'n ikki oydan kechiktirmay muddat o'tkazilishiga sabab bo'lgan uzrli sabablar

ko'rsatilgan holda beriladi. Patent idorasi ko'rsatilgan sabablar mavjudligini hujjatlar bilan tasdiqlashni

so'rash huquqiga ega.

110. Iltimosnomaga belgilangan miqdorda tegishli patent boji to'langanini tasdiqlaydigan hujjat

ilova qilinadi. Belgilangan miqdordagi patent boji to'langanligini tasdiqlaydigan hujjat ko'rsatilgan

muddatda taqdim etilmagan holda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu

haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

111. O'tkazib yuborilgan muddat tiklangani to'g'risida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

112. Agar yuqorida ko'rsatilgan talablarga rioya qilinmagan holda iltimosnoma

qanoatlantirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi.

12-§. Talabnoma beruvchining talabnoma materiallari bilan tanishishi

113. Talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsi) o'zi topshirgan talabnoma

va shu talabnoma bo'yicha Patent idorasi bilan olib borilgan yozishmalar bilan kuni va soatini avvaldan

kelishib, bevosita Patent idorasida, va shuningdek talabnoma, ko'rsatilgan materiallar yoki ularning

qismlari nusxasini so'rovnoma orqali olib tanishishi mumkin.

114. Huquqni muhofaza qilish organlari talabnoma materiallari bilan faqat tergov olib borish

zaruriyati munosabati bilan tanishish huquqiga ega.

13-§. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida ko'rib chiqish

115. Talabnoma bilan bog'liq savollarni talabnoma beruvchining (uning patent vakili yoki

ishonchli shaxsining) ishtirokida ko'rib chiqish Patent idorasining taklifi bo'yicha yoki talabnoma

beruvchining iltimosiga ko'ra ikkala tomon bu savollar bilan tanishib chiqqanidan so'ng amalga

oshiriladi.

Ekspertizaning savollari uchrashish maqsadga muvofiqligi ma’lum qilingan so'rovnomada,

talabnoma beruvchining savollari esa uchrashuv o'tkazish haqidagi iltimosnomada bayon qilinishi

mumkin.

116. So'rovnoma berilgan holda talabnoma beruvchi talabnomani ko'rib chiqishda ishtirok

etishidan qat'iy nazar javob Qonunda belgilangan muddatda talabnoma beruvchi tomonidan taqdim

etiladi.

Talabnoma beruvchi ishtirokida talabnomani ko'rib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib

olinadi.

Sharoit o'zgargan holda belgilangan vaqtda talabnomani ko'rib chiqishda ishtirok etish

imkoniyati bo'lmagan tomon darhol bu haqida ikkinchi tomonni xabardor qiladi.

117. Bir o'zi talabnoma beruvchi bo'lmagan shaxs faqat vakillik qilish uchun ishonchnomasi

bo'lgan taqdirda boshqa talabnoma beruvchilarsiz o'zi talabnomani ko'rib chiqishda ishtirok etishi

mumkin.

118. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida ko'rib chiqish muzokara yo'li bilan yoki

ekspert kengashida amalga oshiriladi.

Agar savollar bevosita ekspert va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilingan holda

muzokaralar, agar savollarni hal qilish uchun ekspertiza tomonidan bir necha mutaxassislar ishtirok

etishi talab etilsa, ekspert kengashi o'tkaziladi.

Muzokaralar va ekspert kengashi natijalari bo'yicha belgilangan shaklda ikki nusxada

ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarni, tomonlar tarafidan keltirilgan dalillar va takliflar va keyingi ish

yuritish haqidagi xulosalarni ichiga olgan bayonnoma tuziladi.

Bayonnomada ekspertiza tomonidan keltirilgan dalillar munosabati bilan sanoat namunasi

muhim alomatlar majmuasining talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsi)

tomonidan taklif etilgan yangi tahriri, talabnomani chaqirib olish haqidagi ariza, ekspertizaning yozma

tushuntirishlar talab qilgan savollari va hokazolar keltirilishi mumkin.

Bayonnoma ko'rib chiqishda qatnashgan barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanadi. Bir nusxasi

talabnoma materiallariga qo'shib qo'yiladi, ikkinchisi esa talabnoma beruvchiga (uning patent vakili

yoki ishonchli shaxsiga) beriladi.

Muhokama qilingan savollar bo'yicha kelishuvga erishilmagan holda, bayonnomada ko'rib

chiqishda qatnashganlarning alohida fikri qayd etilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga beriladigan

tegishli xulosalarni ichiga olgan bayonnoma nusxasi ish yuritishni to'xtatish haqidagi bildirishnomaning

(talabnoma chaqirib olingan holda) yoki ekspertiza so'rovnomasining o'rnini bosishi mumkin, bu haqida

tegishli yozuv qayd etib qo'yiladi.

119. Bayonnoma talabnoma beruvchining ekspertiza so'rovnomasiga javobining o'rnini (agar, bu

holda javob berish uchun belgilangan muddatlar buzilmagan bo'lsa) bosishi mumkin. Bu holda

bayonnomaga tegishli yozuv qayd etib qo'yiladi.

14-§. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomani chaqirib olish

120. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnomani Davlat

ekspertizasining istalgan bosqichida davlat ro'yxatidan o'tkazilgunga qadar chaqirib olish huquqiga

ega. Chaqirib olish to'g'risidagi ariza qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga

jo'natilgan sanadan e’tiboran talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.

Talabnoma beruvchiga talabnomani chaqirib olish to'g'risida bildirishnoma jo'natilganidan so'ng

ushbu talabnoma bo'yicha ish yuritish to'xtatiladi.

121. Chaqirib olingan va chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma yuridik oqibatlarga olib

kelmaydi, ya’ni u bo'yicha hech qanday yuridik ahamiyatga molik amallar olib borilishi mumkin emas

(bunday talabnoma bo'yicha ekrertiza o'tkazilmaydi, patent berilmaydi) va kelgusida talabnoma

beruvchining huquqlari ushbu talabnomaga asoslanishi mumkin emas (xususan, keyingi talabnomani

topshirishda chaqirib olingan va chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma yoki unga qo'shimcha

materiallar kelib tushgan sanasi bo'yicha ustuvorlik so'rash mumkin emas).

Sanoat namunalariga boshqa talabnomalar bo'yicha ekspertiza o'tkazish jarayonida yangilikka

tekshirilganda bunday talabnoma inobatga olinmaydi.

122. Talabnoma beruvchining talabnomani chaqirib olish to'g'risidagi arizasi ma’lumot uchun

qabul qilingani haqidagi bildirishnoma jo'natilgandan keyin kelib tushgan ushbu arizani haqiqiy emas

deb hisoblash to'g'risidagi iltimosi ushbu Qoidalarning 121-bandida ko'rsatilgan talabnomani chaqirib

olish oqibatlarini bekor qilishga asos bo'lmaydi.

III bob. Talabnomani ko'rib chiqish

15-§. Kelib tushgan talabnomani ro'yxatga olish

123. Patent idorasiga kelib tushgan talabnoma materiallari, agar kamida a) o'zbek yoki rus tilida

patent berish to'g'risidagi ariza va b) belgilangan miqdorda patent boji to'langanini tasdiqlaydigan

hujjatni yoki patent bojini to'lashdan ozod etish uchun yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun

asoslarni tasdiqlaydigan hujjatni ichiga olsa, ular kelib tushgan sanasi ko'rsatilgan holda sanoat

namunasiga talabnoma sifatida ro'yxatga olinadi.

124. Talabnomaga Patent idorasining ro'yxat raqami beriladi.

Talabnoma beruvchi talabnoma materiallari kelib tushganlik fakti haqida ro'yxat raqami va kelib

tushgan sanasi ma’lum qilingan holda xabardor qilinadi.

125. Agar talabnoma hujjatlari o'zbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan holda, talabnoma

materiallarida rasmiy ekspertizani muddatdan ilgari boshlash haqidagi iltimosnoma bo'lsa, talabnoma

beruvchi talabnoma hujjatlarining tarjimasi olinmagunga qadar rasmiy ekspertizani o'tkazish mumkin

emasligi haqida xabardor qilinadi.

Ro'yxatdan o'tkazilgan talabnoma materiallari qaytarilmaydi.

126. Talabnoma materiallari Patent idorasiga kelib tushgandan patent berilganligi to'g'risidagi

ma’lumotlar rasmiy nashrda e’lon qilingunga qadar maxfiy (konfidensial) hisoblanadi va talabnoma

beruvchining roziligisiz ma’lum qilinishi mumkin emas.

16-§. Rasmiy ekspertiza

127. Qonunnning 20-moddasiga muvofiq Patent idorasi patent berish uchun talabnoma bo'yicha

rasmiy ekspertiza va sanoat namunasiga talabnomaning mohiyatan ilmiy-texnika ekspertizasidan

iborat bo'lgan davlat ekspertizasini o'tkazadi.

128. Qonunnning 21-moddasiga muvofiq talabnomaning rasmiy ekspertizasi u Patent idorasiga

kelib tushgan sanasidan ikki oy o'tgandan so'ng o'tkaziladi.

129. Talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga ko'ra rasmiy ekspertiza ko'rsatilgan

muddat o'tmasdan boshlanishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchi iltimosnoma berilgan raytdan

boshlab talabnoma materiallariga belgilangan miqdorda qo'shimcha patent boji to'lamasdan o'z

tashabbusiga ko'ra tuzatishlar, aniqliklar va qo'shimchalar kiritish imkoniyatidan mahrum bo'ladi.

Talabnoma beruvchining iltimosnomasini berilmagan deb hisoblash haqidagi iltimosi kelib

tushgan taqdirda (rasmiy ekspertizani ko'rsatilgan muddat o'tmasdan boshlash haqidagi iltimosnomani

chaqirib olish) Qonunnning 20-moddasi ikkinchi qismida ko'zda tutilgan talabnoma beruvchining patent

boji to'lamasdan o'z tashabbusiga ko'ra tuzatishlar, aniqliklar va qo'shimchalar kiritish huquqi

tiklanmaydi.

130. Talabnoma materiallarining rasmiy ekspertizasini o'tkazish davomida quyidagilar

tekshiriladi:

a) talabnoma tarkibida bo'lishi yoki unga ilova qilinishi lozim bo'lgan hujjatlarning mavjudligi;

b) sanoat namunasi mohiyatini tahlil qilmasdan turib aniqlanadigan hujjatlarga belgilangan

talablarga rioya qilinganligi;

v) Qonunnning 14-moddasi to'rtinchi qismida ko'zda tutilgan hollarda talabnoma topshirish

tartibiga, jumladan patent vakili yoki ishonchli shaxsning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning

mavjudligi va to'g'ri rasmiylashtirilishiga rioya qilinganligi;

g) talabnoma sanoat namunasi sifatida muhofazalanadigan obyektlarga oid taklifga berilganligi;

d) talabnoma bo'yicha Patent idorasiga kelib tushgan sanasidan avvalroq ustuvorlikni so'rash

asoslanganligi;

e) sanoat namunasini SNXKning amal qilayotgan tahririda tasniflanishi to'g'riligi (agar talabnoma

beruvchi tomonidan tasniflanmagan bo'lsa tasniflanadi).

131. Ro'yxatga olingan talabnomada talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdorda boj

to'langanini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi tekshiriladi. Bunday hujjat yoki ko'rsatilgan patent bojini

to'lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan

hujjat bo'lmagan taqdirda talabnoma beruvchiga tegishli hujjatni (hujjatlarni) so'rovnoma jo'natilgan

sanadan yoki ekspertiza o'tkazish lozim bo'lgan sanoat namunasining variantlari ko'rsatilgan sanadan

e’tiboran uch oy ichida (agar materiallar kelib tushgan sanagacha patent boji talabnomada keltirilgan

variantlarning hammasi uchun to'lanmagan bo'lsa) taqdim etish zarurligi haqida bildirishnoma

yuboriladi.

132. Agar ariza topshirilganda, patent boji belgilangan miqdordan kam to'langan bo'lsa,

talabnoma beruvchiga bildirishnoma jo'natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida talabnomani topshirish

uchun to'lagan patent bojini va variantlar sonini muvofiqlashtirish haqida bildirishnoma yuboriladi.

Talabnoma beruvchiga, shuningdek, belgilangan miqdordagi patent bojini belgilangan muddatda

to'langanini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan taqdirda, bitta sanoat namunasiga talabnoma

bo'yicha yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi, sanoat namunasining variantlarini

ichiga olgan talabnoma bo'yicha esa ekspertiza patent boji to'langan talabnoma beruvchi tomonidan

tanlab olingan variantlar bo'yicha yoki agar u tanlagan varianti haqida ko'rsatilgan muddatda xabar

bermagan holda tavsifda birinchi bo'lib ko'rsatilgan variantlar bo'yicha o'tkazilishi haqida xabar beriladi.

Agar patent boji to'langanini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan holda, talabnoma

materiallarida rasmiy ekspertizani ko'rsatilgan muddat o'tmasdan boshlash haqidagi iltimosnoma

bo'lsa, talabnoma beruvchi patent boji to'langanligiga oid hujjat olinmagunga qadar bu iltimosni

qanoatlantirish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.

Talabnoma beruvchiga patent bojini to'lash to'g'risidagi bildirishnoma talabnoma materiallarini

ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda yuborilishi mumkin.

133. Agar rasmiy ekspertiza jarayonida talabnoma hujjatlari qo'yilgan talablarga rioya

qilinmagan holda rasmiylashtirilgani aniqlansa, talabnoma beruvchiga kamchiliklarni ko'rsatib, zarur

huquqiy asoslarni keltirgan holda va yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni so'rovnoma jo'natilgan

sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif etilgan so'rovnoma yuboriladi.

Quyidagilar so'rovnoma yuborish uchun asos bo'ladi:

a) talabnomada ushbu Qoidalarnng 7-bandida ko'zda tutilgan hujjatlardan hech bo'lmaganda

birortasi bo'lmasa;

b) agar hujjatlar boshqa tilda tuzilgan bo'lsa, hujjatlarning o'zbek yoki rus tilidagi tarjimasining

yo'qligi;

v) talabnoma hujjatlari belgilangandan kam nusxada topshirilganda;

g) patent berish uchun arizada ushbu Qoidalarda ko'zda tutilgan, imzolar, muhr (zarur

bo'lganda), yoki boshqa rekvizitlar yo'qligi;

d) patent bojlari to'g'ri to'langanligi bilan bog'liq savollarni aniqlash zaruriyati;

e) hujjatlardan bevosita nusxa ko'chirishga, ularni saqlashga to'sqinlik qiladigan va/yoki patent

tavsifini e’lon qilishga tayyorlash imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar (varaqlar formatiga,

hoshiyalarning o'lchamlariga va h.k.larga qo'yilgan talablar buzilganda, talabnoma materiallarini

o'qishni qiyinlashtiradigan tasvirlar, chizmalar, matn bosmasi sifati va h.k.) aniqlanganda;

j) sanoat namunasi tavsifida ushbu Qoidalarda ko'zda tutilgan tuzilmaviy bo'limlarning yo'qligi

(agar tegishli bo'limda bayon qilinishi lozim bo'lgan ma’lumotlar boshqa bo'limda keltirilgan bo'lsa

so'rovnoma yuborilmaydi), va shuningdek, sanoat namunasining tavsifida yoki muhim alomatlar

ro'yxatida biron-bir alomat ta’rifini ushbu alomat ochib berilgan adabiyot manbaiga havola qilish bilan

almashtirish;

z) talabnomada hamma tanisha olmaydigan adabiyot manbaiga berilgan izohlar yoki undagi

ba'zi ma’lumotlarni (patent berilishi to'g'risida ma’lumotlarni e’lon qilishda muallifligi ko'rsatilishini

istamagan mualliflar to'g'risidagi ma’lumotlar bundan mustasno) e’lon qilish mumkin emasligi haqida

ko'rsatmalar mavjud bo'lgan holda;

i) sanoat namunasining muhim alomatlar ro'yxatida huquqiy muhofaza so'ralayotgan buyumga

ko'rsatmaning mavjud emasligi;

k) muhim alomatlar ro'yxatida tasvirlarda taqdim etilgan alomatlarning so'z bilan ifodalangan

tavsifi o'rniga faqat buyum tashqi ko'rinishining alohida xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi

ko'rsatkichlarning mavjudligi;

l) talabnoma hujjatlarining bir-biriga mos emasligi (arizada keltirilgan sanoat namunasining

nomi tavsifda keltirilgan nomiga mos emasligi; tavsifda muhim alomatlar majmuida ko'rsatilgan

alomatlarning mavjud emasligi; muhim alomatlar majmuiga tavsifda keltirilgan alomatlarning

kiritilmaganligi; tasvirlar va chizmalar sanoat namunasi tavsifiga mos emasligi va h.k.).

m) talabnomada avvalroq ustuvorlik so'rash bilan bog'liq savollarni aniqlash zaruriyati;

n) talabnoma berilgan sanoat namunasi (sanoat namunasining variantlari) mohiyatini tahlil

qilmasdan turib belgilanadigan talabnoma hujjatlariga ushbu Qoidalar talablari boshqa buzilishlarining

mavjudligi.

134. Patent boji muhim alomatlar majmuida ta’riflangan bir qator variantlar mavjud bo'lgan

talabnomani topshirish uchun kam miqdorda to'langan holda so'rovnomani jo'natishda talabnoma

beruvchiga muhim alomatlar majmuida sanoat namunasining yagonaligi talabiga mos keladigan faqat

patent boji to'langan variantlarning alomatlarini qoldirgan holda tuzatishlarni amalga, yoxud muhim

alomatlar majmuida tuzatishlarni amalga oshirmasdan ko'rib chiqilishi lozim bo'lgan yechimni tanlash,

oshirish taklif qilinadi. Ushbu so'rovnomada unga tuzatishlarni va tanlab olishni amalga oshirish rad

etilganda faqat tavsifda birinchi bo'lib ko'rsatilgan patent boji to'langan variantlar (shu jumladan

sanoat namunasining yagonaligi talabiga muvofiqligi nuqtai nazaridan) ko'rib chiqilishi xabar qilinadi.

135. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda so'ralgan materiallarni yoki ularni

topshirish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ushbu Qoidalarning 104-107-bandlarida

ko'zda tutilgan shartlarga rioya qilingan holda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb

hisoblanadi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Talabnoma bo'yicha ish yuritish

to'xtatiladi.

136. O'tkazib yuborilgan muddat Patent idorasi tomonidan tiklangan holda ish yuritish davom

ettirilishi mumkin.

137. Talabnoma mohiyatini biron-bir qo'llanish sohasiga oidligini aniqlash maqsadida Patent

idorasi talabnoma berilgan sanoat namunalarini SNXQga muvofiq tasniflaydi.

Tasniflash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

talabnoma rasmiy ekrertizasini o'tkazishda;

talabnomani mohiyatan ekspertizasini o'tkazishda.

Tasniflash SNXK dan foydalanishga doir tavsiyalarga muvofiq o'tkaziladi.

Tasniflashda tasnif indeksini (indekslarini) tanlash uchun sanoat namunasining nomi, uning

tasviri va tavsifi hamda chizmalar, ergonomik sxemasi va konfeksion kartasi (agar u talabnomada

mavjud bo'lsa) asos bo'ladi.

Agar talabnoma SNXKning turli rubrikalariga tegishli bir necha obyektlarni ichiga olgan bo'lsa,

barcha mos tasnif indekslari aniqlanadi. Bu holda birinchi indeks sanoat namunasining nomi bilan

aniqlanadi.

Rasmiy ekspertiza bosqichida aniqlangan tasnif indekslari talabnomaning mohiyatan

ekspertizasini o'tkazish jarayonida o'zgartirilishi mumkin.

138. Rasmiy ekspertiza natijasida talabnoma patentga layoqatli obyektlarga oid bo'lmagan

taklifga berilganligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga patent berishni rad etish uchun asos

bo'ladigan dalillarni keltirgan holda va ularni rad etish taklif etilgan so'rovnoma yuboriladi. Talabnoma

beruvchi, shuningdek so'rovnoma jo'natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida ko'rsatilgan mazmundagi

javobni taqdim etmagan taqdirda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi haqida xabardor etiladi.

O'tkazib yuborilgan muddat Patent idorasi tomonidan tiklangan holda (ushbu Qoidalarning 108-

112-bandlari) ish yuritish davom ettirilishi mumkin.

Agar talabnoma beruvchi o'z javobida ekspertizaning dalillarini rad etmagan bo'lsa patent

berishni rad etish to'g'risidagi qaror qabul qilinadi.

139. Talabnoma berilgan taklif tasvirlarda aks etgan va(yoki) muhim alomatlar majmuida

ta’riflangan ko'rinishda ushbu Qoidalarning 6-bandida keltirilgan buyumlar ro'yxatiga mos bo'lsa,

patentga layoqatli sanoat namunasi deb tan olinmaydi.

140. Agar talabnoma berilgan sanoat namunasi mohiyatini tahlil qilmagan holda talabnomani

ko'rib chiqish natijasida talabnoma sanoat namunasi birligi talabi (ushbu Qoidalarning 5-bandi)

buzilgan holda topshirilgan bo'lsa, talabnoma beruvchiga bu haqida bildirishnoma yuboriladi va u

yuborilgan sanadan uch oy ichida sanoat namunalaridan qaysi biri ko'rib chiqilishini ma’lum qilishi va

zarur bo'lganda talabnoma materiallariga aniqliklar kiritishi taklif qilinadi.

Sanoat namunasining birligi talabiga rioya qilinishi tasvirlarda aks etgan dastlab taqdim etilgan

muhim alomatlar majmuiga nisbatan tekshiriladi. Agar muhim alomatlar majmui o'zgartirilgan bo'lsa,

tekshirish talabnoma beruvchi tomonidan belgilangan tartibda so'ngi taqdim etilgan tahrirdagi muhim

alomatlar majmuiga nisbatan amalga oshiriladi.

141. Agar talabnoma beruvchiga ushbu Qoidalarning 134-bandida ko'zda tutilgan hollarda

so'rovnoma jo'natilgan bo'lsa, u holda sanoat namunasining birligi talabiga rioya qilinishini tekshirish

faqat talabnoma beruvchi tomonidan tanlab olingan boj to'langan yechimlarga nisbatan, tanlab

olinmagan taqdirda esa tavsifda birinchi bo'lib eslatib o'tilganlarga nisbatan amalga oshiriladi va bu

haqida talabnoma beruvchiga xabar qilinadi.

142. Agar sanoat namunasining birligi talabining buzilishi aniqlangandan so'ng talabnoma

beruvchi belgilangan muddatda sanoat namunalaridan (va uning variantlaridan, agar birlik talablariga

muvofiq kelmaydigan talabnoma berilgan yechimlar guruhida ularning mavjudligi aniqlangan va ularga

boj to'langan bo'lsa) qaysi birini bundan keyin ko'rib chiqilishi kerakligini ma’lum qilmasa va

talabnomaning tuzatish kiritilgan hujjatlarini taqdim etmasa, u holda ekspertiza faqat tavsifda birinchi

ko'rsatilgan sanoat namunasiga nisbatan (yoki tavsifda sanoat namunasining birinchi ko'rsatilgan

variantlariga nisbatan) o'tkaziladi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar qilinadi.

143. Agar qo'shimcha materiallar umuman yoki qisman talabnoma berilgan sanoat

namunasining mohiyatini o'zgartirsa va/yoki ushbu Qoidalarning 194-198-bandlarida ko'zda tutilgan

shartlarga rioya qilinmagan holda taqdim etilgan bo'lsa, u holda talabnoma beruvchiga ular ekspertiza

o'tkazishda umuman yoki tegishli qismida e’tiborga olinmasligi to'g'risida xabar qilinadi.

144. Agar talabnoma sanoat namunasi birligi talabiga muvofiqligi aniqlangan bir qancha

yechimlarni ichiga olsa, ya’ni ular sanoat namunasining variantlari bo'lsa, u holda ekspertiza ularning

har biri uchun o'tkaziladi.

145. Talabnomaning biron-bir yechimi patentga layoqatli obyektlarga tegishli bo'lmaganligi

aniqlangan hollarda, talabnoma beruvchiga muhim alomatlar majmuidan patentga layoqatsiz

obyektning alomatlarini chiqarib tashlagan holda unga tuzatish kiritish taklifi jo'natiladi.

146. Agar talabnoma barcha zarur bo'lgan hujjatlarni ichiga olsa, Qoidalarda belgilangan

talablarga rioya qilingan bo'lsa va talabnoma berilgan taklif huquqiy muhofaza beriladigan obyektlarga

tegishli bo'lsa, u holda talabnoma beruvchiga talabnomani ko'rib chiqish uchun qabul qilinganligi

to'g'risida Patent idorasining qarori jo'natiladi.

Agar talabnomani topshirishda patent boji muhim alomatlar ro'yxatida mavjud variantlar soni

uchun belgilanganidan kam miqdorda to'langan bo'lsa, va talabnoma beruvchi tomonidan to'langan

patent boji miqdorini va variantlar sonini muvofiqlashtirishda talabnoma beruvchi tomonidan dastlab

ro'yxatda mavjud bo'lganlaridan ba'zi birlari chiqarib tashlansa, qarorda, shuningdek, talabnoma faqat

tuzatish kiritilgan muhim alomatlar ro'yxati mansub bo'lgan talabnoma berilgan deb hisoblanadigan

variantlarga nisbatan ko'rib chiqishga qabul qilinganligi va agar ushbu talabnomani Patent idorasida

keyingi ko'rib chiqilishida talabnoma beruvchi tomonidan ro'yxatga tuzatish kiritilsa, ushbu tuzatish

ro'yxatda sanoat namunasining yangi variantlarini paydo bo'lishiga olib kelmasligi haqida ko'rsatib

o'tiladi.

17-§. Talabnomaning mohiyatan ilmiy-texnika ekspertizasi

147. Qonunning 23-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnomaning mohiyatan ilmiy-texnika

ekspertizasi (bundan buyon matnda mohiyatan ekspertiza) belgilangan miqdordagi patent bojini

to'langan taqdirda o'tkaziladi.

Patent boji to'langani haqidagi hujjat kelib tushganda talabnoma beruvchi patent boji kelib

tushganlik fakti haqida xabardor qilinadi.

Agar talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaning mohiyatan ekspertizasini o'tkazish

to'g'risidagi ariza topshirilganda patent boji belgilangan miqdordan kam to'lagan bo'lsa, talabnoma

beruvchiga bildirishnoma jo'natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida to'langan patent bojini va

variantlar sonini muvofiqlashtirish haqida bildirishnoma yuboriladi. Talabnoma beruvchi ekspertiza

o'tkazilishi lozim bo'lgan sanoat namunasiga oid variantlarni ko'rsatishi yoxud ekrertiza

o'tkazilmaydigan variantlar chiqarib tashlangan muhim alomatlar ro'yxatini va qo'shimcha patent boji

to'langanini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etishi lozim.

148. Bildirishnomada ko'rsatilgan belgilangan miqdordagi patent bojini to'langanligini

tasdiqlovchi hujjat belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, bitta sanoat namunasiga talabnoma

chaqirib olingan deb hisoblanadi, sanoat namunasining variantlari berilgan talabnoma bo'yicha esa

talabnomaning mohiyatan ekspertizasi birinchi bo'lib ko'rsatilgan boj to'langan variantlariga nisbatan

yoki sanoat namunasining talabnoma beruvchi tomonidan ko'rsatilgan variantlariga nisbatan ularga

patent boji to'langan holdagina o'tkaziladi.

149. Talabnomaning mohiyatan ekspertizasida quyidagilar amalga oshiriladi:

a) sanoat namunasining ustuvorligini belgilash, agar u Qonunning 18-moddasi ikkinchi-to'rtinchi

qismlariga ko'ra so'ralayotgan bo'lsa;

b) talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan sanoat namunasining muhim alomatlar

majmuini ushbu Qoidalarning 51-60-bandlarida keltirilgan talablarga muvofiqligini tekshirish;

v) qo'shimcha materiallarni, agar talabnoma beruvchi tomonidan bunday materiallar taqdim

etilgan bo'lsa, ushbu Qoidalarning 194-198-bandlariga muvofiq tekshirish;

g) talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaning dastlabki materiallarida yoki talabnomani

ko'rib chiqishda e’tiborga olingan qo'shimcha materiallarda taklif qilingan buyumning tasvirida berilgan

va muhim alomatlar majmuida ta’riflangan sanoat namunasining Qonunda belgilangan patentga

layoqatlilik shartlariga muvofiqligini tekshirish.

18-§. Sanoat namunasi ustuvorligini belgilash

150. Sanoat namunasining ustuvorligi patent berish uchun talabnoma Patent idorasiga

topshirilgan sana bo'yicha belgilanadi.

151. Talabnoma beruvchi tomonidan konvension ustuvorlik so'ralayotgan holda quyidagilar

tekshiriladi:

a) talabnoma beruvchi tomonidan Parij konvensiyasiga a’zo-davlatda topshirilgan birinchi

talabnomaning tasdiqlangan nusxasi mavjudligi. Agar ko'rsatilgan nusxa talabnoma Patent idorasiga

topshirilgan sanadan keyin topshirilgan bo'lsa, talabnoma beruvchi tomonidan birinchi talabnomaning

nusxasi taqdim etilishi lozim bo'lgan ko'rsatilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddatga rioya

qilinganligi aniqlanadi, Agar birinchi talabnomalar bir nechta bo'lsa, ko'rsatilgan shartlar har bir

talabnomaning nusxasi uchun bajarilishi lozim;

b) talabnoma beruvchi tomonidan Patent idorasiga kelib tushishi lozim bo'lgan konvensiya

ustuvorligi so'ralayotgan talabnoma, birinchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran olti oylik

muddatda topshirilishiga rioya qilinganligi aniqlanadi. Agar talabnoma ko'rsatilgan muddatdan

kechiktirib, lekin u tugagan sanadan ikki oy o'tmasdan kelib tushgan bo'lsa, talabnoma beruvchi

tomonidan talabnomani ko'rsatilgan olti oylik muddatda topshirish uchun to'sqinlik qilgan va unga

bog'liq bo'lmagan shart-sharoitlar ko'rsatib o'tilganligi tekshiriladi hamda agar bunday tasdiq

bo'lmagan taqdirda ularni hujjat bilan tasdiqlash zarurati aniqlanadi;

v) konvensiya ustuvorligini belgilash to'g'risidagi ariza talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan

sanadan e’tiboran uch oydan kechiktirmay taqdim etilishi;

g) talabnoma berilgan sanoat namunasining birinchi talabnomada ochib berilganligi.

152. Talabnoma beruvchi tomonidan sanoat namunasi ustuvorligini xuddi o'sha talabnoma

beruvchining bir muncha ilgariroq topshirilgan talabnomasiga berilgan qo'shimcha materiallar bo'yicha

belgilash so'ralayotgan holda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

a) bunday ustuvorlik so'ralayotgan talabnoma qo'shimcha materiallar talabnoma berilgan sanoat

namunasi mohiyatini o'zgartirishi tufayli e’tiborga olinishi mumkin emasligi haqidagi bildirishnoma

talabnoma beruvchiga jo'natilgan sanadan etiboran uch oy ichida Patent idorasiga kelib tushishi

lozimligi. Qo'shimcha materiallarni sanoat namunasi mohiyatini o'zgartiradi deb tan olish haqidagi

xulosaga talabnomani ekspert kengashida ko'rib chiqish natijasida kelingan va bayonnomada qayd

etilgan bo'lsa, yangi talabnomani taqdim etish uchun beriladigan uch oylik muddat talabnoma

beruvchiga (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsiga) bayonnoma nusxasi jo'natilgan yoki bevosita

qo'liga topshirilgan sanadan hisoblanadi;

b) kelib tushgan sanasi bo'yicha ustuvorlik so'ralayotgan qo'shimcha materiallarda (qo'shimcha

materiallar taqdim etilgan birinchi talabnomaning mazmunini hisobga olgan holda) talabnoma berilgan

sanoat namunasi mohiyati ochib berilgan bo'lishi lozim.

153. Talabnoma beruvchi tomonidan sanoat namunasi ustuvorligi Patent idorasiga uning o'zi

tomonidan bir muncha ilgariroq topshirilgan talabnoma sanasidan belgilash so'ralganda quyidagi

talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

a) bunday ustuvorlik so'ralayotgan talabnoma sanoat namunasiga avvalgi talabnoma

topshirilgan sanadan olti oy mobaynida Patent idorasiga kelib tushishi lozimligi;

b) bunday ustuvorlik so'ralayotgan talabnoma xuddi o'sha sanoat namunasiga avvalgi

talabnomani topshirgan talabnoma beruvchi tomonidan topshirilishi lozimligi;

v) talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyati avvalroq topshirilgan talabnomada ochib

berilgan bo'lishi lozimligi;

g) avvalroq topshirilgan talabnoma bo'yicha undan ilgariroq ustuvorlik so'ralmagan bo'lishi

lozimligi.

Ko'rsatilgan ustuvorlik so'ralganda avvalroq topshirilgan talabnoma chaqirib olingan deb

hisoblansa, talabnoma beruvchiga bu haqida xabar beriladi.

154. Talabnoma beruvchi tomonidan sanoat namunasi ustuvorligini ajratilgan talabnoma

bo'yicha belgilash so'ralganda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

a) ajratilgan talabnoma sanoat namunasiga birinchi talabnoma bo'yicha ustidan shikoyat berish

imkoniyati qolmagan holda patent berishni rad etish to'g'risidagi qaror qabul qilingunga qadar (ya’ni

talabnoma bo'yicha ish yuritishni davom ettirish mumkinligi davrida) yoki birinchi talabnoma bo'yicha

patent berish to'g'risidagi qaror qabul qilingan holda sanoat namunasini O'zbekiston Respublikasining

tegishli davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazish sanasigacha Patent idorasiga kelib tushishi lozim;

b) ajratilgan talabnomada berilgan sanoat namunasining mohiyati avvalgi talabnomada, agar

talabnoma konvensiya talabnomasidan ajratib olingan va ustuvorlik uning ustuvorlik sanasi bo'yicha

so'ralayotgan bo'lsa, birinchi talabnomada ochib berilgan bo'lishi lozim.

155. Ushbu Qoidalarning 151-154-bandlariga muvofiq sanoat namunasi ustuvorligini belgilash

shartlariga rioya qilinganligini tekshirishda, asosida ustuvorlik so'ralayotgan talabnoma yoki ustuvorlik

so'rash uchun asos bo'lgan qo'shimcha materiallar berilgan talabnoma chaqirib olinmagan bo'lishi va

chaqirib olingan deb hisoblanmasligi lozim.

156. Ustuvorlik so'rash uchun asos bo'lgan avval berilgan materiallarda (avval topshirilgan

talabnomada, qo'shimcha materiallarda) talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyati ochib

berilgan bo'lishi lozimligi bilan bog'liq talabga rioya qilinganligini belgilashda avval topshirilgan

materiallardagi tasvirlarda talabnoma berilgan sanoat namunasining muhim alomatlari majmuiga

kiritilgan va ko'rib chiqilayotgan talabnomada dastlab taqdim etilgan tasvirlarda aks etgan barcha

alomatlarning mavjudligi tekshiriladi.

157. Agar ustuvorlikni belgilashda kelib chiqadigan savollar talabnomaning mohiyatan

ekspertizasini tugallash uchun to'sqinlik qilmasa, ular talabnomani ko'rib chiqish bilan bog'liq boshqa

savollar bilan bir vaqtda aniqlanadi.

158. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 151-154-bandlarida ko'rsatilgan

talablar bajarilgan holda talabnoma berilgan sanoat namunasiga nisbatan so'ralgan ustuvorlik

belgilanadi.

159. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 151-154-bandlarida ko'rsatilgan

talablarning hech bo'lmaganda bittasi bajarilmagan holda, sanoat namunasining ustuvorligi Qonunning

18-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma Patent idorasiga toshirilgan sana bo'yicha (bu haqida

talabnoma beruvchiga xabar berilgan holda) belgilanadi.

160. Ustuvorlik belgilangandan so'ng talabnoma beruvchi tomonidan sanoat namunasining

o'zgartirilgan muhim alomatlar majmui taqdim etilgan holda, so'ralayotgan ustuvorlikni belgilashga

asoslar mavjudligini aniqlash uchun takroran tekshirish o'tkaziladi.

19-§. Muhim alomatlar majmuini tekshirish

161. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini tekshirish rasmiy ekspertiza tugallangan

vaqtda talabnomadagi alomatlarga nisbatan o'tkaziladi, agar muhim alomatlar majmui talabnoma

beruvchi tomonidan bundan keyin o'zgartirilgan bo'lsa, ushbu Qoidalarning 194-198-bandlarida

ko'rsatilgan talablariga rioya qilingan holda o'zgartirilgan muhim alomatlar majmui tekshiriladi.

162. Rasmiy ekspertizani o'tkazishda sanoat namunasining birligi talabi buzilganligi aniqlangan

holda, va talabnomaning mohiyatan ekspertizasini o'tkazishni boshlashda talabnoma beruvchi

belgilangan muddatda qaysi sanoat namunasi (yoki variantlari) topshirilgan talabnoma doirasida ko'rib

chiqilishi kerakligini xabar qilsa, tekshirish ushbu sanoat namunasiga nisbatan o'tkaziladi.

Agar talabnoma beruvchidan belgilangan muddatda bunday xabar kelmagan taqdirda, tekshirish

tavsifda birinchi bo'lib ko'rsatilgan sanoat namunasiga (variantlariga) nisbatan o'tkaziladi.

163. Tekshirishda talabnoma berilgan sanoat namunasining muhim alomatlari mavjudligi

tekshiriladi, ularning majmui talabnoma beruvchi tomonidan alohida xususiyatlari ko'rsatilgan holda

tasvirlarida aks ettirilgan buyumning tashqi ko'rinishini shakllantirish uchun yetarli bo'lishi kerak.

Agar tasvirlarda aks ettirilgan biron-bir alomat talabnoma beruvchi tomonidan muhim alomatlar

majmuiga kiritilmagan, lekin ekspertizaning fikriga ko'ra buyumning tashqi ko'rinishini shakllantirishga

ta’sir ko'rsatsa, talabnoma beruvchiga bunday alomatni muhim alomatlar majmuiga kiritish taklif

etiladi. Bu holda talabnoma beruvchi tomonidan ko'rsatilgan buyumning tashqi ko'rinishining alohida

xususiyatlariga ushbu alomatning ta’sirini tasdiqlaydigan dalillar keltiriladi.

Talabnoma beruvchi bunday tuzatish kiritishdan voz kechgan hollarda sanoat namunasining

patentga layoqatliligini keyingi tekshirishda undagi tashqi ko'rinishining tegishli alohida xususiyatining

mavjudligi hisobga olinmaydi.

164. Sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini tekshirish undagi alomatlarni ushbu

Qoidalarning 59-bandiga muvofiq vizual holda aynanlashtirish mumkinligini aniqlashni ichiga oladi.

Alomatni aynanlashtirish imkoniyatiga shubha tug'ilganda ekspertiza talabnoma beruvchidan

bunday imkoniyatni tasdiqlaydigan tushuntirishlarni so'rab olishga haqlidir.

Agar alomatni aynanlashtirish mumkin bo'lishi uchun uning ta’rifini sanoat namunasining

tasvirlari va tavsifiga asosan tuzatish zarur bo'lsa, talabnoma beruvchiga bunday tuzatishni o'tkazish

taklif etiladi.

Alomatni aynanlashtirish mumkinligi sharti bajarilgan bo'lib, lekin uni ta’riflash uchun eskirgan

yoki ma’lum bir faoliyat yoki dizayn sohasida qabul qilingan atamalarga mos bo'lmagan atamalar

qo'llanilgan bo'lsa, talabnoma beruvchiga jo'natiladigan so'rovnomada muhim alomatlar majmuiga

tegishli tuzatishlarni kiritish tavsiya qilinishi mumkin.

Agar alomatni aynanlashtirish mumkin emasligi aniqlangan bo'lsa va talabnoma beruvchi muhim

alomatlar majmuini tuzatishni rad etsa, u holda talabnomani keyingi ko'rib chiqishda bunday alomat

e’tiborga olinmaydi.

165. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan muhim alomatlar majmuini

tekshirishda uning tuzilmasiga qo'yiladigan talablarga yoki ushbu Qoidalarning 56-58, 63, 61-bandlari

bo'yicha uning bayon qilinishida nomuvofiqlik aniqlangan bo'lsa, talabnoma beruvchiga jo'natiladigan

so'rovnomada muhim alomatlar majmuiga tuzatishlarni kiritish taklif qilinadi.

Sanoat namunasining muhim alomatlar ro'yxatini tekshirish ro'yxatda buyumning badiiy-

konstruktorlik echimiga taalluqli bo'lmagan va ushbu buyum tashqi ko'rinishining alohida xususiyatlari

ko'rinishida amalga oshiriladigan alomatlarni aniqlashni o'z ichiga oladi.

Faqat axborot-iste’mol, axborot-reklama yoki boshqa maxsus maqsadlar uchun mo'ljallangan va

grafika, shriftiga yoki koloristikaga oid xususiyatlariga ega bo'lmagan tasvirlash elementlarida aksini

torgan va ro'yxatdagi ushbu elementlarga tegishli alomatlar bilan ta’riflanadigan alomatlar, xususan,

biron-bir ma'noga, shu jumladan axborot mazmuniga ega elementlar, masalan harflar, so'zlar,

jumlalar, sonlar, shu jumladan buyumdagi maxsus belgilar tabiatiga ega bo'lgan elementlar (masalan,

Davlat standarti, tayyorlangan joyi, ishlab chiqarilgan yili, dizayn muallifi, maxsus farqlanish belgilari)

buyumning badiiy-konstruktorlik yechimiga kirmaydi.

Sanoat namunasining muhim alomatlar ro'yxatida bunday alomatlar mavjud bo'lganida

talabnoma beruvchiga ro'yxatdan ushbu alomatlarni chiqarib tashlash uchun tuzatish kiritishni amalga

oshirish taklif qilinadi.

Agar ro'yxatdagi alomat ushbu Qoidalarning mazkur bandida keltirilgan shartlar buzilgan holda

ta’riflanganligi aniqlangan bo'lsa, ammo talabnoma beruvchi sanoat namunasining muhim alomatlar

ro'yxatiga tuzatish kiritishdan voz kechsa, u holda talabnomani keyingi ko'rib chiqishda bunday alomat

yoki ro'yxatga kirgan uni ta’riflash uchun ishlatilgan tushunchalar e’tiborga olinmaydi.

166. Agar talabnomani mohiyatan ekspertizani o'tkazishda ushbu Qoidalarning 133-bandi a)

kichik bandida ko'rsatilgan talabnomaga qo'yiladigan talablarning buzilishi aniqlangan bo'lsa, u holda

talabnoma beruvchiga so'rovnoma jo'natiladi, so'ngra talabnomani keyingi, shu jumladan sanoat

namunasi birligi talablariga rioya qilish nuqtai nazaridan ham ko'rib chiqish ushbu Qoidalarning 134-

bandida mazkur vaziyatga qo'llanilishiga doir ko'rsatilgan yechimlarga nisbatan hamda ushbu

Qoidalarning 140-bandiga muvofiq bildirishnoma jo'natilgan holda o'tkaziladi.

167. Agar talabnomani mohiyatan ekspertizasini o'tkazilishi boshida muhim alomatlar majmui

sanoat namunasi birligi talablari buzilishi yoki patent boji kerakli miqdordan kam to'langanligi

munosabati bilan ko'rilmayotgan variantlarning alomatlarini o'z ichiga olsa, hamda agar muhim

alomatlar majmui faqat sanoat namunasining boj to'langan variantlarining alomatlarini ichiga olsa-yu,

ammo muhim alomatlar majmuining tuzilmasi ushbu Qoidalarning 62-bandi talablariga mos kelmasa, u

holda talabnoma beruvchiga muhim alomatlar majmuiga undan ko'rilmayotgan variantlarning

alomatlarini chiqarib tashlagan holda va/yoki uni ushbu Qoidalarning 62-bandida ko'rsatilgan shaklda

taqdim etgan holda tuzatishlar kiritish taklifi bilan so'rovnoma jo'natiladi.

Talabnoma beruvchi tomonidan muhim alomatlar majmuiga tuzatishlar kiritishdan rad javobi

olinganida patentga layoqatliligiga tekshirish muhim alomatlar majmui qatoridan tahlil maqsadlarida

ekspertiza tomonidan ajratib olingan uning (ularning) muhim alomatlarini hisobga olgan holda faqat

ko'rib chiqalayotgan sanoat namunasiga (uning variantlariga) nisbatan o'tkaziladi.

168. Ro'yxat bandlarida ta’riflangan sanoat namunalarini variantlarga taalluqligini to'g'ri

ajratilganligini tekshirishda talabnoma beruvchi tomonidan ko'rsatilgan sanoat namunasining vazifasi

va asosiy komrozision elementlari bir-biriga mos kelishiga ishonch hosil qilish zarur.

Agar variantlardan har biri (yoki ulardan biri) uchun bir qancha asosiy komrozision elementlar

ko'rsatilgan bo'lsa-yu, mos kelishi faqatgina ko'rsatilgan asosiy komrozision elementlar ichidan

ayrimlariga nisbatan aniqlangan bo'lsa, asosiy komrozision elementlarning mos kelishi sharti

buzilmagan hisoblanadi.

Talabnoma beruvchi tomonidan sanoat namunasi birligi talablariga rioya qilinmaganligi

aniqlangan holda talabnoma beruvchi ushbu Qoidalarning 140-142-bandlarida keltirilgan tartibda

xabardor qilinadi.

169. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan sanoat namunasining muhim alomatlar

ro'yxatini tekshirishda ushbu Qoidalar buzilgan holda tuzilganligi aniqlansa-yu, ammo bu buzilishlar

talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishga xalaqit bermasa, u holda

sanoat namunasining muhim alomatlar ro'yxatiga tuzatish kiritish bilan bog'liq bo'lgan barcha

masalalar bunday ro'yxat bilan ta’riflangan sanoat namunasining patentga layoqatliligi to'g'risida

dastlabki xulosa olinganidan so'ng talabnoma beruvchi bilan aniqlashtiriladi.

170. Talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirish uchun ushbu

Qoidalarning 163-169 bandlariga muvofiq tekshirish o'tkazilgan muhim alomatlar ro'yxati qabul

qilinadi.

20-§. Sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirish

171. Talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishda qo'shimcha

ravishda u patentga layoqatli deb tan olinmaydigan takliflar ro'yxatiga oid emasligi tekshiriladi va

sanoat namunasining yangilik va orginallilik shartlariga muvofiqligi aniqlanadi. Talabnoma berilgan

obyekt muhofaza qilinmaydigan takliflar ro'xatiga oid deb taxmin qilingan holda, talabnoma beruvchiga

tegishli dalillarni bayon qilib so'rovnoma yuboriladi.

172. Ushbu Qoidalarning 6-bandiga asosan muhofaza qilinmaydigan obyektlarga oid deb xulosa

chiqarilmagan talabnoma berilgan yangilik va orginallilik shartlariga muvofiqligi tekshiriladi.

173. Talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirishda muallif,

talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs

tomonidan sanoat namunasi mohiyati ommaviy tarzda oshkor etilgan axborotni ichiga olgan manbalar,

agar sanoat namunasiga talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran olti oydan kechikmagan

muddat ichida Patent idorasiga topshirilgan bo'lsa, e’tiborga olinmaydi.

Ushbu Qoidalarning 174-177-bandlariga muvofiq patentga layoqatliligiga tekshirish natijalari

bo'yicha patent berilishi yoki patent berilishini rad etish to'g'risidagi qaror qabul qilinadi.

174. Qonunning 8-moddasi ikkinchi qismiga ko'ra agar buyum tasvirlarida aks etgan va sanoat

namunasining muhim alomatlari ro'yxatida keltirilgan muhim alomatlar majmui jahonda sanoat

namunasining ustuvorlik sanasigacha hamma foydalana olishi mumkin bo'lgan ma’lumotlardan ma’lum

bo'lmasa, sanoat namunasi yangi deb e’tirof etiladi.

175. Har bir shaxs o'zi tanishishi mumkin bo'lgan yoki mazmuni qonuniy yo'l bilan ma’lum

qilinishi mumkin bo'lgan axborot manbaidagi ma’lumotlar ommaviy tarzda oshkor etilgan ma’lumotlar

deb hisoblanadi.

Quyidagilar axborot manbaidagi ma’lumotlarni ommaviy tarzda oshkor etilgan ma’lumotlar

sarasiga kiritish mumkinligini aniqlaydigan sana bo'lib hisoblanadi:

muhofaza hujjatlariga e’lon qilingan tavsiflar uchun - ularda ko'rsatilgan e’lon qilish sanasi;

bosma nashrlar uchun - ularda ko'rsatilgan nashr etishga imzo qo'yilgan sana;

nashr etishga imzo qo'yilgan sana ko'rsatilmagan bosma nashrlar uchun va shuningdek, boshqa

bosma nashrlar uchun - ular nashr qilingan kun, uni aniqlash imkoniyati bo'lmaganda esa - agar nashr

qilingan vaqti faqat yil va oy bilan aniqlangan bo'lsa, oyning oxirgi kuni yoki nashrda ko'rsatilgan

yilning 31 dekabri;

maqolalar, sharhlar, monografiyalar va boshqa materiallarning deronentlangan qo'l yozmalari

uchun - ularni deronentlangan sanasi;

ilmiy-tadqiqot ishlari haqidagi hisobotlar, tajriba-konstruktorlik ishlariga tushuntirish xatlari va

ilmiy-texnik axborot tashkilotlarida bo'lgan boshqa konstruktorlik, texnologik va loyiha hujjatlari uchun

- ular ushbu tashkilotlarga kelib tushgan sana;

me'yoriy-texnik hujjatlari uchun - ularni vakolatli tashkilotda ro'yxatdan o'tkazilgan sana;

qo'lyozma huquqida chor etilgan dissertasiya materiallari va dissertasiya avtoreferatlari uchun -

ular kutubxonaga kelib tushgan sana;

tanlovga qabul qilingan ishlar uchun - ular tanishish uchun ochiq namoyish qilingan va tanlov

o'tkazishga oid hujjatlar bidlan tasdiqlangan sana;

ko'z bilan qabul qilinadigan axborot manbalari (rlakatlar, modellar, mahsulotlar va h.k.) uchun -

ularni ko'rish mumkin bo'lgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana;

ko'rgazmaga qo'yilgan eksronatlar uchun - ularni ko'rstish boshlangan va hujjat bilan

tasdiqlangan sana;

radio, televidenie, kino orqali ma’lumotlar uchun - bunday ma’lumot berilgan sana, agar u

ko'rsatilgan sanagacha amal qilgan belgilangan tartibda mos axborot manbaida qayd etilgan bo'lsa;

buyum haqidagi, undan foydalanish natijasida ma’lum bo'lgan ma’lumotlar uchun - ushbu

ma’lumotlar hamma tanishish imkoniyatiga ega bo'lgan va hujjat bilan tasdiqlangan sana.

176. Quyidagi shartlar bajarilgan holda birmuncha oldinroq ustuvorlikka ega bo'lgan

talabnomalar sanoat namunasining yangiligini belgilashda hisobga olinadi:

talabnoma O'zbekiston Respublikasida topshirilgan holda;

talabnoma boshqa shaxs, ya’ni boshqa talabnoma beruvchi tomonidan topshirilgan holda;

talabnoma chaqirib olinmagan va chaqirib olingan deb hisoblanmagan holda.

Talabnoma ariza, tasvirlar va muhim alomatlar majmui bilan birgalikdagi tavsif kelib tushgan

sanadan e’tiboran ushbu talabnoma tarkibida bo'lgan tasvirlar va tavsifga nisbatan e’tiborga olinadi.

Agar bu sana ko'rilayotgan talabnomaning ustuvorlik sanasidan keyinroq bo'lsa, avvalroq ustuvorlikka

ega bo'lgan talabnomaning ustuvorlikni belgilash uchun asos bo'lgan materiallar (birinchi talabnoma,

avvalroq topshirilgan talabnoma, ushbu talabnomaga qo'shimcha materiallar) mazmuni bilan mos

tushgan qismi uchun axborot manbalari qatoriga kiritiladi.

177. Sanoat namunasining yangiligini belgilashda, shuningdek, O'zbekiston Respublikasida

patentlangan (shu jumladan ushbu shaxs tomonidan ham) sanoat namunalari ham ularning ustuvorlik

sanasidan boshlab hisobga olinadi.

178. Agar ushbu Qoidalarning 174-177-bandlarida ko'rsatilgan axborot manbalarida talabnoma

beruvchi tomonidan taklif etilgan sanoat namunasining muhim alomatlar majmuida ta’riflangan

alomatlar aks etgan tasvirlar alomatlarga aynan o'xshash badiiy-konstruktorlik yechimi to'g'risidagi

ma’lumotlar aniqlangan bo'lsa, sanoat namunasi yangilik shartiga muvofiq emas deb e’tirof etiladi.

179. Ko'rib chiqilayotgan sanoat namunasi to'g'risidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot

manbai sifatida bir muncha oldinroq ustuvorlikka ega bo'lgan talabnoma bo'lsa, bu talabnoma chaqirib

olinmagan va chaqirib olingan deb hisoblanmasligiga ishonch hosil qilish lozim.

Agar talabnoma chaqirib olinmagan bo'lsa, ko'rilayotgan sanoat namunasining talabnoma

beruvchisiga shunday talabnoma mavjudligi haqida (uning talabnoma beruvchisini ko'rsatmasdan va

mazmunini ochmasdan) va uning talabnomasini ko'rish bir muncha oldinroq ustuvorlikka ega bo'lgan

talabnoma bo'yicha bir qarorga kelingunga qadar to'xtatib turilishi haqida ma’lum qilinadi.

Talabnoma beruvchi talabnomani ko'rish to'xtatib turilishiga norozi bo'lgan holda, talabnoma

berilgan sanoat namunasining yangilik shartiga muvofiq emasligi belgilanadi.

180. Sanoat namunasining yangi emasligi aniqlangan hollarda talabnoma beruvchiga

ekspertizaning tegishli dalilari bayon qilingan va ushbu dalillarga nisbatan o'z fikrini taqdim etish taklif

qilingan so'rovnoma jo'natiladi.

181. Yangilik shartiga muvofiq kelmasligi aniqlangan sanoat namunasiga nisbatan originallilikka

tekshirish o'tkazilmaydi.

182. Qonunning 8-moddasi to'rtinchi qismiga muvofiq agar sanoat namunasining muhim

alomatlari buyumning alohida xususiyatlarida ijodkorlikni namoyon qilsa, u original hisoblanadi. Sanoat

namunasining muhim alomatlariga buyum tashqi ko'rinishining alohida xususiyatlarini belgilovchi

alomatlar, xususan, shakli, konfiguratsiyasi, ornamenti va ranglar uyg'unligi kiradi.

Originalligiga tekshirish talabnoma berilgan muhim alomatlar majmui bilan ta’riflangan sanoat

namunasiga nisbatan o'tkaziladi va u quyidagilarni ichiga oladi:

a) ushbu Qoidalarning 34-bandiga muvofiq eng yaqin analogini aniqlash;

b) talabnoma beruvchi tomonidan tasvirlarda taqdim etilgan va muhim alomatlar ro'yxatida

ta’riflangan sanoat namunasini eng yaqin analogidan (muhim farqlovchi alomatlaridan) farqlaydigan

muhim alomatlarini aniqlash;

v) ustuvorlik sanasigacha jahonda hamma foydalana olishi mumkin bo'lgan ma’lumotlardan

ko'rib chiqalayotgan sanoat namunasining muhim farqlovchi alomatlari bilan mos keluvchi alomatlarga

ega bo'lgan qarorlar to'g'risidagi ma’lumotlarni aniqlash (axborot manbaida mavjud hamma foydalana

olishi mumkin deb hisoblanngan ma’lumotlarning sanasini aniqlashda ushbu Qoidalarning 175-bandi

qoidalaridan foydalaniladi);

g) muhim farqlovchi alomatlaridan kelib chiquvchi ko'rib chiqilayotgan sanoat namunasining

alohida xususiyatlarini hamda ko'rib chiqilayotgan qarorlarning farqlovchi alomatlari bilan mos keluvchi

alomatlardan kelib chiquvchi aniqlangan qarorlarning alohida xususiyatlarini taqqoslash.

183. Sanoat namunasi agar uning muhim farqlovchi alomatlaridan hech bo'lmaganda bittasi

yangi bo'lsa, originallilik shartiga muvofiq deb hisoblanadi.

Sanoat namunasi, shuningdek, uning barcha muhim farqlovchi alomatlari yangi bo'lmasa-da,

biroq ushbu alomatlarning birligi ko'rib chiqilayotgan sanoat namunasiga yangi badiiy-konstruktorlik

yechimini bergan hollarda ham originallilik shartiga muvofiq deb hisoblanadi.

184. Buyumda aks etgan sanoat namunasi eng yaqin analogidan faqat muhim alomatlar

majmuiga talabnoma beruvchi tomonidan kiritilgan alomati (alomatlari) bilan farqlanadigan va uning

(ular) uchun talabnoma beruvchi tomonidan ko'rsatilgan ko'rib chiqilayotgan buyumning alohida

xususiyatlarining ta’siri tasdiqlanmagan bo'lsa, originallilik shartiga muvofiq bo'lmaydi.

Yuqorida bayon qilinganlar asosida talabnoma berilgan sanoat namunasining originallilik

shartiga muvofiq emas deb hisoblangan hollarda, ekspertiza talabnoma beruvchi tomonidan

ko'rsatilgan buyumning alohida xususiyatlariga muhokama qilinayotgan alomatlarning ta’sirini

tasdiqlash uchun talabnoma beruvchi tomonidan keltirilgan dalillar nima uchun asosga ega emas deb

hisoblanishi to'g'risida asoslangan dalillarni quyidagi hollarda keltirishi mumkin:

a) talabnoma berilgan sanoat namunasi buyumning ma’lum bo'lgan yechimidan razm solgan

holda farqlashga imkon bermaydigan alohida xususiyatlarga ega (sanoat namunasi buyumning

avvaldan ma’lum bo'lgan yechimi bilan adashtirib yuborish darajasigacha o'xshashlikka ega);

b) talabnoma berilgan sanoat namunasi buyumning ma’lum bo'lgan yechimidan razm solgan

holda farqlashga imkon beradigan alohida xususiyatlarga ega, ammo ushbu alohida xususiyatlar

buyumning qolgan barcha alomatlarini (tarkibiy qismlari va(yoki) elementlarining shakllari,

proporsiyalarini, koloristik holda hal qilinganligini va boshqalarni) saqlab qolgan holda uning faqat

o'lchamlarini (buyumning masshtabini) o'zgartirish;

buyumning faqat rangini (ammo koloristik holda hal qilinganligini emas) o'zgartirish;

buyumni faqat oddiy geometrik figura yoki jism: aylana, halqa, ko'rburchak, shar, konus,

riramida, rrizma, parallelepiped, tor va boshqalar ko'rinishida, ushbu geometrik figuralar yoki jismlarga

biron-bir o'zgartirish kiritmagan holda hal qilinganligi;

talabnoma beruvchi tomonidan ko'rsatilgan buyumning hal qilinishi alohida xususiyatlariga

ushbu o'zgartirish ta’sir qilmagan holda buyumning hal qilinishida faqat bir turdagi elementlarning

miqdorini (ammo ularning tuzilishi yoki joylashuv tizimini o'zgartirmagan holda) o'zgartirish;

real hajmning (masalan, o'yinchoq, suvenirning) kichraytirilgan yoki kattalashtirilgan (ham

soddalashtirilgan va hamda masshtabga rioya qilgan holda) nusxasi bo'lgan buyumni yaratish;

ma’lum vazifada ishlatiladigan buyumlarga xos bo'lgan shaklni, ammo boshqa texnik asosda

(masalan, an'anaviy yog'ochdan tayyorlanadigan buyumni o'xshash holda takrorlovchi polimer

materialdan tayyorlangan buyum), ya’ni talabnoma beruvchi tomonidan ko'rsatib o'tilgan buyumni hal

qilinishining alohida xususiyatlariga ushbu o'zgartirish ta’sir etmagan holda faqat takrorlash;

buyumning vazifasi hamda o'zaro turli vazifaga ega bo'lgan hech bo'lmaganda ikkita shunday

obyekt ma’lum bo'lgani holda razm solganda buyumning tashqi ko'rinishi bilan o'xshash tashqi

ko'rinishga ega bo'lgan ma’lum obyektlardan buyumning tashqi ko'rinishini faqat ko'chirish;

turli ma’lum buyumlardan ularning tashqi ko'rinishini o'zgartirmagan holda to'rlam (komrlekt)

tuzish hisobiga yaratilgan hollarda ijodiy tabiatga ega emas.

185. Agar talabnoma berilgan sanoat namunasining originalligiga muvofiq emasligi aniqlansa, u

holda talabnoma beruvchiga tegishli dalillari bayon qilingan va bu dalillarga nisbatan o'z fikr-

mulohazalarini va zarur holda talabnomaning dastlabki materiallari asosida sanoat namunasining

tuzatilgan muhim alomatlari ro'yxatini taqdim etish taklif qilingan so'rovnoma yuborilishi mumkin.

21-§. Qo'shimcha materiallarni so'rab olish

186. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchiga qo'shimcha materiallarni, shu

jumladan o'zgartirilgan muhim alomatlar majmui so'ralgan so'rovnoma, bunday materiallarsiz

talabnomaning mohiyatan ekspertizasini o'tkazish mumkin bo'lmagan hollarda yuboriladi.

So'rovnoma yuborish uchun quyidagilar asos bo'lishi mumkin:

a) patent bojining to'g'ri to'langanligi bilan bog'liq savollarni aniqlash zaruriyati;

b) sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini ushbu Qoidalarning 161-170-bandlariga

muvofiq tekshirish natijalari bo'yicha aniqlash zaruriyati;

v) talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini ushbu Qoidalarning 171-

bandiga muvofiq tekshirish bilan bog'liq savollarni hal qilish zaruriyati;

g) talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligini tekshirish natijalari bo'yicha

muhim alomatlar majmuiga aniqliklar kiritish zaruriyati;

d) bir xil ustuvorlik sanasiga ega bo'lgan aynan o'xshash namunasiga talabnomalarni ko'rib

chiqish bilan bog'liq savollarni hal qilish zaruriyati.

Talabnomani ko'rib chiqishda yuzaga keladigan boshqa turdagi savollar, masalan, ustuvorlikni

belgilash, sanoat namunasining muhim alomati ta’rifini aniqlashtirish bilan va hokazolar bog'liq

savollar, va shuningdek, taklif va mulohazalar yuqoridagi asoslarga ko'ra yuboriladigan so'rovnomaga

kiritilishi mumkin.

So'rovnoma yuborish uchun yuqorida ko'rsatilgan asoslar mavjud bo'lmagan holda talabnoma

beruvchiga paydo bo'lgan taklif va mulohazalar haqida bildirishnoma yuboriladi.

187. Ushbu Qoidalarning 167-bandida ko'zda tutilgan vaziyatda sanoat namunasining

(variantlarning) patentga layoqatliligi aniqlangan holda, bu haqida yuborilgan so'rovnomada

talabnoma beruvchiga ma’lum qilinadi va undan mohiyatan ekspertiza o'tkazilmagan yechimlar

alomatlarni muhim alomatlar majmuidan chiqarib tashlash yana taklif etiladi. Bu holda talabnoma

beruvchi belgilangan muddatda so'ralgan materiallarni yoki ko'rsatilgan muddatni uzaytirish haqidagi

iltimosnomani taqdim etmasa, talabnoma Qonunning 20-moddasiga muvofiq chaqirib olingan deb

hisoblanadi.

188. Talabnoma beruvchi aynanlashtirilmagan yoki talabnoma topshirilgandan so'ng talabnoma

beruvchi tomonidan taklif etilgan, talabnomaning dastlabki materiallarida mavjud bo'lmagan va ushbu

Qoidalarning 197-bandiga muvofiq e’tiborga olinmagan alomatni patentga layoqatlilik to'g'risida xulosa

olingan muhim alomatlar ro'yxatiga kiritishni talab qilgan hollarda talabnoma beruvchiga ko'rsatib

o'tilgan alomatni ichiga olmagan ro'yxatni taqdim etish taklifi bilan so'rovnoma yuboriladi.

Bu holda talabnoma beruvchiga so'ralayotgan materiallar taqdim etilmagan holda talabnoma

chaqirib olingan deb hisoblanishi to'g'risida xabar qilinadi.

189. Talabnoma beruvchiga jo'natiladigan so'rovnomada mohiyatan ekspertizani o'tkazish (yoki

tugallash) uchun halaqit beruvchi holatlar bayon qilinishi bilan birga talabnomani ko'rib chiqishda

yuzaga kelgan barcha savollar, nuqsonlar va takliflar keltiriladi.

190. Ekspertizaning so'rovnomada keltiriladigan fikr va mulohazalari tegishli, shu jumladan

huquqiy xarakterdagi isbot-dalillar bilan asoslanadi. Zarur hollarda badiiy konstruktorlik masalalari

bo'yicha adabiyotlarga, ilmiy-texnik adabiyotlarga, Qonun, ushbu Qoidalar va boshqa me'yoriy

hujjatlarning qoidalariga havolalar beriladi.

Talabnoma beruvchiga muhim alomatlar majmuiga tuzatishlar kiritish bilan bog'liq bo'lgan

muhim alomat ta’rifini aniqlashtirish, talabnoma berilgan muhim alomatlar majmuidan muhim

bo'lmagan alomatni chiqarib tashlash va boshqalar kabi takliflarni jo'natishda bunday tuzatishlar

kiritish va undan voz kechishdan kelib chiquvchi huquqiy holatlarini dalillar bilan ko'rsatib berish kerak.

191. So'rovnomada axborot manbai keltirilgan holda shu manbani torish uchun zarur bo'lgan

barcha bibliografiya ma’lumotlari, va shuningdek, talabnomani ko'rib chiqishda e’tiborga olingan

ma’lumotlarni ushbu manbadan torish uchun kerak bo'ladigan boshqa ma’lumotlar (betlari, xatboshisi,

grafik tasvirlarning figura raqami va h.k.) ko'rsatilishi lozim.

So'rovnoma yuborish uchun talabnoma berilgan sanoat namunasini patentga layoqatlilikka

tekshirish natijalari bo'yicha muhim alomatlar ro'yxatini aniqlashtirish zaruriyati asos bo'lgan holda va

ro'yxatga aniqlik kiritish uchun tavsif va(/yoki) chizmalar va(yoki) ergonomik sxemada keltirilgan

ma’lumotlarga tegishli tushuntirishlar zarur bo'lsa, talabnoma beruvchiga aniqliklar kiritilgan tavsif

va(/yoki) chizmalarni va(yoki) ergonomik sxemani (o'rnini bosuvchi varaqlarni) ham taqdim etish taklif

qilinishi mumkin.

192. Ko'rsatib o'tilgan xabarlarda talabnoma hujjatlarini kerakli tarzda tuzatishga doir aniq

tushuncha berishlar keltiriladi.

193. So'ralgan materiallar ko'rsatilgan muddatda yoki belgilangan muddatni uzaytirish

to'g'risidagi iltimosnoma taqdim etilmagan hollarda talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.

22-§. Qo'shimcha materiallarni tekshirish

194. Talabnoma beruvchining tashabbusiga ko'ra talabnoma rasmiy ekspertizasini muddatidan

oldin boshlash haqidagi iltimosnoma berilgandan so'ng yoki bunday iltimosnoma berilmagan bo'lsa,

talabnoma kelib tushgan sanadan ikki oy o'tgandan keyin talabnoma hujjatlariga tuzatishlar yoki

aniqliklar kiritadigan (ya’ni ularning tarkibiga kiritilishi lozim bo'lgan) qo'shimcha materiallar kelib

tushgan taqdirda, ular bilan birga belgilangan miqdorda patent boji to'langanini tasdiqlaydigan hujjat

ham taqdim etilganligini tekshirish lozim. Qo'shimcha materiallar bilan birga bunday hujjat taqdim

etilmagan holda, ular talabnomani ko'rib chiqishda e’tiborga olinmaydi va bu haqida talabnoma

beruvchiga xabar beriladi. Bunday bildirishnoma ekspertizaning talabnoma beruvchiga yo'llanadigan

navbatdagi hujjati mazmuniga kiritilishi mumkin.

195. Talabnoma hujjatlaridagi o'zgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga ko'ra

kiritilgan o'zgartirishlarga oidligi masalasini hal qilishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak:

a) agar talabnoma hujjatlariga kiritilgan o'zgartirishlar ularni tayyorlashda yo'l qo'yilgan

kamchiliklarni yo'qotishga qaratilgan bo'lsa, talabnoma beruvchi tomonidan ekspertizaning yozma

ravishda berilgan xabari, shu jumladan so'rovnomasini olgandan so'ng, va shuningdek, bundan

xabarni olmasdan taqdim etilgan o'zgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga ko'ra kiritilgan

deb hisoblanmaydi;

b) agar talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma hujjatlariga kiritilgan o'zgartirishlar

ekspertizaning yozma ravishda berilgan xabari, shu jumladan so'rovnomasining mazmuni bilan bog'liq

bo'lib, uni olgandan so'ng taqdim etilgan bo'lsa, o'zgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga

ko'ra kiritilgan deb hisoblanmaydi.

Talabnoma beruvchi tomonidan ekspertizaning yozma ravishda berilgan xabari, shu jumladan

so'rovnomasini olgandan so'ng va shuningdek, bunday xabarni olmasdan taqdim etilgan barcha

boshqa o'zgartirishlar talabnoma beruvchining tashabbusiga ko'ra kiritilgan deb hisoblanadi.

196. Talabnoma beruvchi tomonidan Patent idorasining so'rovnomasiga ko'ra taqdim etilgan

qo'shimcha materiallar bo'yicha ularni taqdim etish muddatlariga rioya qilinganligi tekshiriladi.

Agar talabnoma beruvchi tomonidan qo'shimcha materiallar yuqorida ko'rsatilgan muddatlarga

rioya qilinmagan holda taqdim etilganligi aniqlansa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu

haqida talabnoma beruvchi xabardor qilinadi.

197. Talabnoma beruvchining tashabbusiga ko'ra yoki Patent idorasining so'rovnomasiga ko'ra

taqdim etilgan va ko'rib chiqishga qabul qilingan qo'shimcha materiallar kelib tushganda, ular

talabnoma berilgan sanoat namunasi mohiyatini o'zgartirmasligi tekshiriladi. Agar tarkibida

talabnomaning dastlabki materiallarida bo'lmagan va kiritish talab etilgan alomatlar bo'lsa, u holda

qo'shimcha materiallar talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini o'zgartiradi deb e’tirof

etiladi.

Alomatlarni sanoat namunasining muhim alomatlar majmuiga nafaqat talabnoma beruvchi

tomonidan taqdim etilgan aniqlik kiritilgan muhim alomatlar majmui tarkibida bo'lgan hollarda, balki

talabnoma beruvchi bunday kiritishni ko'rsatgan holda ham kiritish lozim deb hisoblanadi.

Qo'shimcha materiallarda keltirilgan va muhim alomatlar majmuiga kiritilishi lozim bo'lgan

alomatlar, agar patent berish uchun ariza, tasvirlar komrlekti va sanoat namunasining muhim

alomatlar majmui bilan birga tavsifi Patent idorasiga kelib tushgan sanada talabnoma tarkibidagi

tasvirlarda aks ettirilmagan bo'lsa, talabnomaning dastlabki materiallarida bo'lmagan deb e’tirof etiladi.

Talabnomaning dastlabki materiallarida mavjud bo'lmagan, talabnoma berilgan sanoat

namunasi to'g'risidagi ma’lumotlarni ichiga olgan va muhim alomatlar majmuiga kiritilishi lozim bo'lgan

alomatlarga taalluqli bo'lmagan qo'shimcha materiallar talabnoma berilgan sanoat namunasining

mohiyatini o'zgartiradi deb hisoblanmaydi. Bunday ma’lumotlarga xususan, sanoat namunasini amalga

oshirish shartlari to'g'risidagi yangi (qo'shimcha) ma’lumotlar, uni amalga oshirish misollari,

aniqlashtirilgan grafika materiallari va boshqalar kiritilishi mumkin.

198. Qo'shimcha materiallar talabnoma berilgan sanoat namunasining mohiyatini o'zgartiradi

deb e’tirof etilgan hollarda, talabnoma beruvchiga (ekspertizaning unga yuborilgan navbatdagi

hujjatida) bunday xulosaga kelish uchun qo'shimcha materiallarga kiritilgan ma’lumotlarning qaysilari

asos bo'lganligi haqida ma’lum qilinadi. Bu holda talabnomani keyingi ko'rib chiqilishi ushbu

qo'shimcha materiallarda taqdim etilgan muhim alomatlar ro'yxatiga nisbatan, ammo yuqorida

ko'rsatilgan alomatlarni inobatga olmagan holda davom ettiriladi.

Sanoat namunasining muhim alomatlar ro'yxatiga yangi alomatlar kiritilgan va ularda avval

ko'rib chiqilishi uchun qabul qilingan ro'yxatga kiritilmagan sanoat namunasining varianti ta’riflangan

hollarda patent bojini belgilangan miqdorda to'langanligini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi

tekshiriladi.

23-§. Patent berish to'g'risidagi qaror

199. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan muhim alomatlar majmuasiga kiritilgan

tasvirlarda aks ettirilgan muhim alomatlar majmuasi bilan ifodalangan talabnoma berilgan sanoat

namunasi hamma patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi aniqlangan holda, talabnoma beruvchiga

ushbu muhim alomatlar majmuasi bilan patent berilishi mumkinligi haqida va ushbu so'rov jo'natilgan

sanadan e’tiboran uch oy ichida ekspertiza xulosalariga nisbatan o'z fikrini ma’lum qilish taklif etilgan

so'rov yuboriladi.

Talabnoma beruvchi agar u eslatib o'tilgan uch oylik muddatda muhim alomatlar majmuasi va

ekspertiza xulosalariga nisbatan o'z fikrini taqdim etmasa, talabnoma bo'yicha ushbu so'rovda bayon

qilingan muhim alomatlar majmuasi bilan qaror qabul qilinadi.

Agar talabnoma materiallarida kamchiliklar bo'lib, avval talabnoma beruvchi ularni yo'qotish

haqida ogohlantirilmagan bo'lsa, talabnoma beruvchiga taklif jo'natilgan sanadan e’tiboran uch oy

ichida aniqliklar kiritilgan materiallarni taqdim etish haqidagi taklif yuboriladi.

200. Talabnoma beruvchidan ekspertizaning fikriga nisbatan roziligi kelib tushganda, unga

ekspertiza so'rovida ko'rsatilgan muhim alomatlar majmuasi bilan sanoat namunasiga patent berish

to'g'risidagi qaror yuboriladi.

201. Agar talabnoma berilgan muhim alomatlar majmui sanoat namunasining mohiyatini

ifodalasa va tavsifga to'liq asoslangan bo'lsa, lekin eng yaqin analogni (yoki umuman analogni)

hisobga olmay tuzilgan bo'lsa, yoki tarkibida talabnoma berilgan obyekt alomatlari bilan bir qatorda

boshqa obyekt alomatlari bo'lib, talabnoma beruvchi o'zi tuzgan tahrirdagi muhim alomatlar majmuini

qoldirishni qattiq turib talab qilsa, patent berish to'g'risidagi qarorda talabnoma beruvchining

tahriridagi muhim alomatlar majmui keltiriladi.

202. Talabnoma beruvchi taklif qilgan tahrirdagi muhim alomatlar majmui, shuningdek, undagi

alomatlar standart bo'lmagan yoki hamma qabul qilmagan atamalardan foydalangan holda ta’riflangan

bo'lsa (lekin bu ularni aynanlashtirishga to'sqinlik qilmasa) va talabnoma beruvchi formulani

tuzatishdan bosh tortgan bo'lsa, va shuningdek, agar, Qonunning 23-moddasi ikkinchi qismiga

muvofiq ko'rib chiqilgan barcha variantlarning patentga layoqatliligi aniqlangan hollarda ham keltiriladi.

203. Sanoat namunasining variantlarini ichiga olgan talabnoma bo'yicha patent berish

to'g'risidagi qaror barcha talabnoma berilgan variantlarning patentga layoqatliligi aniqlanganda yoxud

talabnoma beruvchi tomonidan tegishli so'rovnoma olingandan so'ng muhim alomatlar majmuidan

patentga layoqatlilik aniqlanmagan variantlar chiqarib tashlangan holda chiqariladi.

24-§. Patent berishni rad etish to'g'risidagi qaror

204. Talabnoma beruvchi tomonidan taklif etilgan muhim alomatlar majmuiga kiritilgan

tasvirlarda aks ettirilgan muhim alomatlar majmui bilan ta’riflangan talabnoma berilgan sanoat

namunasining patentga layoqatlilikning hech bo'lmaganda birorta shartiga muvofiq emasligi

aniqlanganda, talabnoma beruvchiga tegishli dalillar keltirilgan holda patent berilishi mumkin emasligi

bildirilgan so'rovnoma va ushbu so'rovnoma jo'natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida ekspertiza

xulosalariga nisbatan o'z fikrini ma’lum qilish taklif etilgan bildirishnoma yuboriladi.

205. Talabnoma beruvchining iltimosiga ko'ra Patent idorasi tomonidan o'tkazib yuborilgan

muddat tiklangan holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.

206. Talabnoma beruvchidan ekspertizaning fikriga nisbatan roziligi kelib tushganda patent

berishni rad etish to'g'risidagi qaror yuboriladi.

Patent berishni rad etish uchun sabab bo'lgan holatlar bilan tanishgandan so'ng talabnoma

beruvchi tomonidan talabnoma berilgan sanoat namunasining patentga layoqatliligi haqidagi dalillar

taqdim etilgan bo'lib, ammo ular ekspertiza xulosasini o'zgartirmagan holda, patent berishni rad etish

to'g'risida qaror qabul qilinadi va unda ekspertizaning xulosalariga rozi bo'linmagan hollarda talabnoma

beruvchining qaror jo'natilgan sanadan boshlab uch oy ichida Patent idorasi Apellyasiya kengashiga

apellyasiya berish huquqi to'g'risida qo'shimcha ravishda xabar qilinadi.

Agar qarorda axborot manbaiga havola keltirilgan bo'lsa, uning bibliografiya ma’lumotlarini

ko'rsatishda ushbu Qoidalarning 191-bandida ko'rsatilgan shartlarga amal qilinishi lozim.

207. Sanoat namunasining variantlarini ichiga olgan talabnoma bo'yicha ham patentga layoqatli

va hamda patentga layoqatsiz yechimlarning mavjudligi aniqlansa va talabnoma beruvchi unga

jo'natilgan so'rovnomaga berilgan javobda muhim alomatlar majmuidan patentga layoqatsiz

variantlarni ifodalaydigan alomatlarni chiqarib tashlashdan bosh tortgan hollarda ham patent berishni

rad etish to'g'risida qaror chiqariladi.

Bunda qarorda bir vaqtning o'zida patentga layoqatliligi to'g'risida xulosa olingan variantlarning

patentga layoqatliligi tasdiqlanadi.

208. Agar ko'rilayotgan talabnoma bo'yicha sanoat namunasining patentga layoqatliligi

aniqlangan bo'lib, lekin unga aynan o'xshash, avvalroq ustuvorlik sanasiga, sanasi mos kelganida esa

avvalroq qayd etish raqamiga ega bo'lgan va chaqirib olinmagan yoki chaqirib olingan deb

hisoblanmagan sanoat namunasiga boshqa talabnoma bo'lsa, ko'rilayotgan talabnomaning talabnoma

beruvchisiga bu haqida va uning talabnomasi bo'yicha Qonunning 18-moddasi uchinchi qismida

belgilangan shartlar bajarilgan holda patent berish mumkinligi haqida ma’lum qilinadi.

Ko'rilayotgan talabnomaning talabnoma beruvchisiga aynan o'xshash sanoat namunasini ichiga

olgan boshqa talabnomaning bibliografiya ma’lumotlarini ma’lum qilish va sanoat namunasiga patent

berish haqidagi ma’lumotlar e’lon qilingunga qadar uning mazmunini ochish faqat boshqa

talabnomaning talabnoma beruvchisi roziligi bo'lgan holda yo'l qo'yiladi.

209. Sanoat namunasi, agar ularning tasvirlarda aks etgan muhim alomatlari majmui to'liq mos

tushsa, aynan o'xshash deb e’tirof etiladi.

Sanoat namunalarining aynan o'xshashligi talabnoma beruvchilar tomonidan belgilangan

tartibda taqdim etilgan so'ngi tahrirdagi muhim alomatlar majmualari asosida aniqlanadi.

Agar aynan o'xshash sanoat namunalariga talabnomalar aynan bitta talabnoma beruvchi

tomonidan topshirilgan bo'lsa, u holda bildirishnomada unga uning tomonidan ko'rsatiladigan faqat

bitta talabnoma bo'yicha patent berilishi mumkinligi xabar qilinadi.


Legislación Es reemplazado por (1 texto(s)) Es reemplazado por (1 texto(s))
Tratados Relacionado con (2 registros) Relacionado con (2 registros)
Datos no disponibles.

N° WIPO Lex UZ034