关于知识产权 知识产权培训 树立尊重知识产权的风尚 知识产权外联 部门知识产权 知识产权和热点议题 特定领域知识产权 专利和技术信息 商标信息 工业品外观设计信息 地理标志信息 植物品种信息(UPOV) 知识产权法律、条约和判决 知识产权资源 知识产权报告 专利保护 商标保护 工业品外观设计保护 地理标志保护 植物品种保护(UPOV) 知识产权争议解决 知识产权局业务解决方案 知识产权服务缴费 谈判与决策 发展合作 创新支持 公私伙伴关系 人工智能工具和服务 组织简介 与产权组织合作 问责制 专利 商标 工业品外观设计 地理标志 版权 商业秘密 WIPO学院 讲习班和研讨会 知识产权执法 WIPO ALERT 宣传 世界知识产权日 WIPO杂志 案例研究和成功故事 知识产权新闻 产权组织奖 企业 高校 土著人民 司法机构 遗传资源、传统知识和传统文化表现形式 经济学 金融 无形资产 性别平等 全球卫生 气候变化 竞争政策 可持续发展目标 前沿技术 移动应用 体育 旅游 PATENTSCOPE 专利分析 国际专利分类 ARDI - 研究促进创新 ASPI - 专业化专利信息 全球品牌数据库 马德里监视器 Article 6ter Express数据库 尼斯分类 维也纳分类 全球外观设计数据库 国际外观设计公报 Hague Express数据库 洛迦诺分类 Lisbon Express数据库 全球品牌数据库地理标志信息 PLUTO植物品种数据库 GENIE数据库 产权组织管理的条约 WIPO Lex - 知识产权法律、条约和判决 产权组织标准 知识产权统计 WIPO Pearl(术语) 产权组织出版物 国家知识产权概况 产权组织知识中心 产权组织技术趋势 全球创新指数 世界知识产权报告 PCT - 国际专利体系 ePCT 布达佩斯 - 国际微生物保藏体系 马德里 - 国际商标体系 eMadrid 第六条之三(徽章、旗帜、国徽) 海牙 - 国际外观设计体系 eHague 里斯本 - 国际地理标志体系 eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange 调解 仲裁 专家裁决 域名争议 检索和审查集中式接入(CASE) 数字查询服务(DAS) WIPO Pay 产权组织往来账户 产权组织各大会 常设委员会 会议日历 WIPO Webcast 产权组织正式文件 发展议程 技术援助 知识产权培训机构 COVID-19支持 国家知识产权战略 政策和立法咨询 合作枢纽 技术与创新支持中心(TISC) 技术转移 发明人援助计划(IAP) WIPO GREEN 产权组织的PAT-INFORMED 无障碍图书联合会 产权组织服务创作者 WIPO Translate 语音转文字 分类助手 成员国 观察员 总干事 部门活动 驻外办事处 职位空缺 采购 成果和预算 财务报告 监督
Arabic English Spanish French Russian Chinese
法律 条约 判决 按管辖区浏览

乌兹别克斯坦

UZ071

返回

O'zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi

 O'zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYaT KODEKSI Mundarija

O'zbekiston Respublikasining 22 sentyabr 1994 yil 2012-XII-son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan va O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 22 sentyabr 1994 y. 2014-XII-son Qaroriga binoan amalga kiritilgan

Kodeksga quyidagi Qonunlarga muvofiq o'zgarishlar kiritilgan: 30.08.96 y., 27.12.96 y., 30.08.97 y.,01.05.98 y., 29.08.98 y.,25.12.98 y., 15.04.99 y.,20.08.99 y., 26.05.00 y.,15.12.2000 y.175-II,29.10.2001 y.254-II 30.08.2002y.405-II-sonli, 13.12.2002 y. 447-II-son 30.08.2003 yil 535-II-sonli X.bo'limiga ,12.12.2003 yil 568-II-sonli V.bo'limiga, 27.08.2004 yil VI-bo'limiga 30.09.2005 yil O'RQ-10-son Qonuniga, 28.12.2005 yil Qonunining 1-moddasiga, 31.12.2005 yil Qonunining 3-moddasiga asosan, 22.06.2006 yil O'RQ-37-son Qonunini 1-moddasiga, 15.12.2006 yil O'RQ-70-son Qonunining 1-moddasiga, 06.04.2007 yil O'RQ-85-son Qonunining 1-moddasiga, 23.04.2007 yil O'RQ-93-son Qonunining 1-moddasiga

(Ko'chirmalar)

MAXSUS QISM

BIRINChI BO'LIM. ShAXSGA QARShI JINOYaTLAR

66-1-modda. Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish

Ushbu Kodeks 105-moddasining birinchi qismida (qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish), 106-moddasida (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og'ir yoki o'rtacha og'ir shikast yetkazish), 107-moddasida (zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og'ir shikast etkazish), 108-moddasida (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og'ir shikast yetkazish), 109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismida) (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik orqasida badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazish), 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tanosil kasalligini tarqatish), 115-moddasida (ayolni o'z homilasini sun'iy ravishda tushirishga majburlash), 116- moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (kasb yuzasidan o'z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi qismida (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining

birinchi qismida (ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 122-moddasida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash), 123-moddasida (ota-onani moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash), 125-moddasining birinchi qismida (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 136-moddasida (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga yegishiga to'sqinlik qilish), 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (tuhmat), 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (haqorat qilish), 149-moddasida (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining birinchi qismida (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasining birinchi qismida (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismida (o'g'rilik), 170-moddasining birinchi qismida hamda ikkinchi qismining "b" va "v" bandlarida (aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan mulkiy zarar yetkazish), 172-moddasida (mulkni qo'riqlashga vijdonsiz munosabatda bo'lish), 173-moddasining birinchi qismida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 185-2-moddasida (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) 192-moddasida (raqobatchini obro'sizlantirish), 260-moddasining birinchi qismida (temir yo'l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-moddasining birinchi qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-moddasining birinchi qismida (transportning xavfsiz ishlashini ta'minlashga doir qoidalarni buzish), 298- moddasining birinchi qismida (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u o'z aybiga iqror bo'lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Og'ir yoki o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.

149-modda. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish

Tafakkur mulki ob'ektiga nisbatan mualliflik huquqini o'zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulk ob'ektlari to'g'risidagi ma'lumotlarni ular rasman ro'yxatdan o'tkazilgunga yoki e'lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish - eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

191-modda. Qonunga xilof ravishda axborot to'plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish

Sir tutiladigan fan-texnika, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid yoki boshqa shu kabi axborotni egasining roziligisiz oshkor qilish yoki undan foydalanish maqsadida har qanday usulda to'plash - eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Sir tutiladigan fan-texnikaga, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid va boshqa shu kabi axborotni egasining roziligisiz qasddan oshkor qilish yoki undan foydalanish xo'jalik yurituvchi sub'ektga ko'p miqdorda zarar yetkazgan bo'lsa, - eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.