关于知识产权 知识产权培训 树立尊重知识产权的风尚 知识产权外联 部门知识产权 知识产权和热点议题 特定领域知识产权 专利和技术信息 商标信息 工业品外观设计信息 地理标志信息 植物品种信息(UPOV) 知识产权法律、条约和判决 知识产权资源 知识产权报告 专利保护 商标保护 工业品外观设计保护 地理标志保护 植物品种保护(UPOV) 知识产权争议解决 知识产权局业务解决方案 知识产权服务缴费 谈判与决策 发展合作 创新支持 公私伙伴关系 人工智能工具和服务 组织简介 与产权组织合作 问责制 专利 商标 工业品外观设计 地理标志 版权 商业秘密 WIPO学院 讲习班和研讨会 知识产权执法 WIPO ALERT 宣传 世界知识产权日 WIPO杂志 案例研究和成功故事 知识产权新闻 产权组织奖 企业 高校 土著人民 司法机构 遗传资源、传统知识和传统文化表现形式 经济学 性别平等 全球卫生 气候变化 竞争政策 可持续发展目标 前沿技术 移动应用 体育 旅游 PATENTSCOPE 专利分析 国际专利分类 ARDI - 研究促进创新 ASPI - 专业化专利信息 全球品牌数据库 马德里监视器 Article 6ter Express数据库 尼斯分类 维也纳分类 全球外观设计数据库 国际外观设计公报 Hague Express数据库 洛迦诺分类 Lisbon Express数据库 全球品牌数据库地理标志信息 PLUTO植物品种数据库 GENIE数据库 产权组织管理的条约 WIPO Lex - 知识产权法律、条约和判决 产权组织标准 知识产权统计 WIPO Pearl(术语) 产权组织出版物 国家知识产权概况 产权组织知识中心 产权组织技术趋势 全球创新指数 世界知识产权报告 PCT - 国际专利体系 ePCT 布达佩斯 - 国际微生物保藏体系 马德里 - 国际商标体系 eMadrid 第六条之三(徽章、旗帜、国徽) 海牙 - 国际外观设计体系 eHague 里斯本 - 国际地理标志体系 eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange 调解 仲裁 专家裁决 域名争议 检索和审查集中式接入(CASE) 数字查询服务(DAS) WIPO Pay 产权组织往来账户 产权组织各大会 常设委员会 会议日历 WIPO Webcast 产权组织正式文件 发展议程 技术援助 知识产权培训机构 COVID-19支持 国家知识产权战略 政策和立法咨询 合作枢纽 技术与创新支持中心(TISC) 技术转移 发明人援助计划(IAP) WIPO GREEN 产权组织的PAT-INFORMED 无障碍图书联合会 产权组织服务创作者 WIPO Translate 语音转文字 分类助手 成员国 观察员 总干事 部门活动 驻外办事处 职位空缺 采购 成果和预算 财务报告 监督
Arabic English Spanish French Russian Chinese
法律 条约 判决 按管辖区浏览

乌兹别克斯坦

UZ084

返回

O'zbekiston Respublikasining Qonuni Naslchilik To'g'risida

 Microsoft Word - 025_NEW_UZ_Law on tribal animal breeding.doc

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI «NASLChILIK TO'G'RISIDA»

1995 yil 21 dekabr 165-I-son

O'zRning quyidagi Qonunlariga asosan o'zgartirishlar kiritildi 25.04.1997 yil 421-I-son I-bo'limini 16.bandiga, 25.04.2003 yil 482-II-son XII.bo'limiga

1-modda. Naslchilikning asosiy vazifalari 2-modda. Asosiy tushunchalar 3-modda. Naslchilik ob'ektlari 4-modda. Naslchilik sub'ektlari 5-modda. Naslchilik to'g'risidagi qonun hujjatlari 6-modda. Naslchilik bo'yicha davlat xizmatiga rahbarlik qilish 7-modda. Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat

inspeksiyasining vakolatlari 8-modda. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi chorvachilikda naslchilik ishlari

davlat inspeksiyalarining vakolatlari 9-modda. Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspektorlari 10-modda. Naslchilik sub'ektlarining huquqlari 11-modda. Naslchilik sub'ektlarining burchlari 12-modda. Naslli mahsulotga (materialga) egalik huquqi 13-modda. Naslchilikda intellektual mulk 14-modda. Naslli mahsulotni (materialni) eksport va import qilish 15-modda. Nasldor hayvonlarni, naslchilik xo'jaliklari va podalarini davlat ro'yxatiga olish 16-modda. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirish 17-modda. Naslchilik bo'yicha davlat tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularni mablag' bilan

ta'minlash 18-modda. Naslchilik sohasidagi ilmiy tadqiqotlar 19-modda. Nasldor hayvondan foydalanish shartlari 20-modda. Nasldor hayvonlarning urug'i va embrionlaridan foydalanish shartlari 21-modda. Naslli mahsulot (material) bonitirovkasi 22-modda. Nasldor erkak hayvonlarni baholash 23-modda. Naslchilik sohasidagi nizolarni hal etish 24-modda. Naslchilik to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik 25-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar

1-modda. Naslchilikning asosiy vazifalari

Quyidagilar naslchilikning asosiy vazifalari hisoblanadi: hayvonlarning nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini yaxshilash maqsadida naslchilik resurslarini

yaratish, saqlash, takror ko'paytirish va ulardan oqilona foydalanish; seleksiya jarayonida foydalaniladigan naslchilik resurslarining kelib chiqishi aniq hisobga

olinishini, mahsuldorligini, tipi va boshqa sifatlari bo'yicha baholanishini ta'minlash; nasldor erkak hayvonlarni avlodining sifatiga ko'ra sinovdan o'tkazish; yangi foydali genetik belgilarga ega bo'lgan hayvonlar olish; seleksiya ishida jahondagi eng qimmatli genofonddan samarali foydalanish; muayyan joyga xos va mamlakatimizdagi yo'q bo'lib borayotgan zotlar genofondini saqlab qolish; mahsulot yetishtiriladigan podalarda hayvonlarning nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini oshirish

hamda sermahsul hayvonlarni jadal ko'paytirish; butun chorvachilik tarmog'ining iqtisodiy samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish.

2-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llanilmoqda: naslchilik - seleksiya maqsadida nasldor hayvonlarni urchitish, naslli mahsulot (material)

yetishtirish va undan foydalanish;

nasldor hayvon - kelib chiqishi hujjatlar bilan tasdiqlangan, muayyan zotni takror ko'paytirish uchun foydalaniladigan va belgilangan tartibda ro'yxatga olingan hayvon;

naslli mahsulot (material) - nasldor hayvon, uning urug'i va embrionlari, nasldor tuxum, ipak qurti urug'i;

bonitirovka - hayvonlarning nasldorlik va mahsuldorlik si fatlarini baholash; genofond (kam sonli) zot - muayyan zotga mansub va yo'q bo'lib ketish xavfi ostidagi kam

uchraydigan hayvonlar guruhi; nasldor hayvonlar va nasldor podalarni davlat ro'yxatiga olish - kelib chiqishini aniqlash va

mahsuldorligini belgilash maqsadida nasldor hayvonlar hamda nasldor podalar haqidagi ma'lumotlarni hisobga olish;

sertifikat - nasldor hayvonning kelib chiqishi, mahsuldorligi va boshqa sifatlarini, shuningdek urug' yoki embrionning sifatini tasdiqlovchi hujjat.

3-modda. Naslchilik ob'ektlari

Nasldor hayvonlar - qoramollar, qo'ylar, echkilar, otlar, tuyalar, cho'chqalar, shuningdek parrandalar, baliqlar, asalarilar, ipak qurti, yovvoyi hayvonlar (bundan buyon matnda hayvonlar deb yuritiladi) va ularning naslli mahsuloti naslchilik ob'ektlari hisoblanadi.

4-modda. Naslchilik sub'ektlari

Naslchilik ishi bilan shug'ullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, korxonalar va xo'jaliklar, seleksiya markazlari, ippodromlar, immunogenetik nazorat laboratoriyalari, nazorat-sinov stansiyalari, embrionlarni ko'chirib o'tkazish (transplantasiya) markazlari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar - naslli mahsulot egalari naslchilik sub'ektlari hisoblanadi.

5-modda. Naslchilik to'g'risidagi qonun hujjatlari

Naslchilik sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasida naslchilik sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog'iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

6-modda. Naslchilik bo'yicha davlat xizmatiga rahbarlik qilish

Naslchilik bo'yicha davlat xizmatiga rahbarlik qilishni Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi amalga oshiradi. (O'zRning 25.04.1997 yil 421-I-son I-bo'limini 16.bandiga asosan tahrirga so'zlar kiritilgan)

Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasining boshlig'i Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan tayinlanadi. (O'zRning 25.04.1997 yil 421- I-son I-bo'limini 16.bandiga asosan tahrirga so'zlar kiritilgan)

Viloyatlarda va Toshkent shahrida naslchilik bo'yicha davlat xizmatiga rahbarlik qilishni viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyalari amalga oshiradilar.

Viloyatlar va Toshkent shahar chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyalarining boshliqlarini Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda tayinlaydi. (O'zRning 25.04.1997 yil 421-I-son I-bo'limini 16.bandiga asosan tahrirga so'zlar kiritilgan)

Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi to'g'risidagi Nizom Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. (O'zRning 25.04.1997 yil 421-I-son I- bo'limini 16.bandiga asosan tahrirga so'zlar kiritilgan)

7-modda. Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasining vakolatlari

(O'zRning 25.04.1997 yil 421-I-son I-bo'limini 16.bandiga asosan tahrirga so'zlar kiritilgan)

Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi: tarmoqda yagona ilmiy-texnika siyosatini amalga oshiradi; naslchilikni rivojlantirishning davlat va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga

oshirishni tashkil etadi;

naslli mahsulot (material) ekspertiza qilinishini ta'minlaydi; naslchilikdagi normativlar va qoidalarni tasdiqlaydi; nasldor hayvonlarni, naslchilik xo'jaliklari va podalarini tegishincha davlat kitobida va davlat

registrida ro'yxatga oladi; sertifikatlar beradi; naslchilik sohasida seleksiya, biotexnologiya va irsiyat-muhandislik usullarini qo'llanish shartlarini

belgilaydi; individuumlari nasldor hayvon sifatida foydalaniladigan hayvonlar turlarining ro'yxatini belgilab

qo'yadi; naslchilikni davlat yo'li bilan rag'batlantirish, seleksiya maqsadlari uchun foydali qishloq xo'jalik

hayvonlarining kam sonli va yo'q bo'lib borayotgan zotlari genofondini saqlab qolish chora-tadbirlari to'g'risida takliflar kiritadi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

8-modda. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi chorvachilikda naslchilik ishlari

davlat inspeksiyalarining vakolatlari

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyalari:

naslchilikni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etadi; naslli mahsulotning (materialning) ekspertiza qilinishini ta'minlaydi; nasldor hayvonlarning, naslchilik xo'jaliklari va podalarining hisobini yuritadi; seleksiya maqsadlari uchun foydali chorva mollarning kam sonli va yo'q bo'lib borayotgan zotlari

genofondini saqlab qolish yuzasidan takliflar kiritadi; barcha toifadagi xo'jaliklarda naslchilik ishining yuritilishini nazorat qiladi; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

9-modda. Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspektorlari

Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasining boshlig'i O'zbekiston Respublikasining chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspektori hisoblanadi. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyalarining boshliqlari ayni vaqtda viloyatlar va Toshkent shahar chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspektorlari hisoblanadilar. (O'zRning 25.04.1997 yil 421-I-son I-bo'limini 16.bandiga asosan tahrirga so'zlar kiritilgan)

O'zbekiston Respublikasining chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspektori, chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspektorlari o'z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

idoraviy mansubligidan qat'i nazar, naslchilik tashkilotlariga moneliksiz kirish va ulardan zarur axborotlarni olish;

naslchilik tashkilotlariga qoida va normalarni buzish hollarini bartaraf etish to'g'risida ko'rsatmalar berish va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

qoida va normalarni buzish hollari aniqlangan taqdirda naslli mahsulotni (materialni) realizasiya qilishni to'xtatib qo'yish;

hayvonlar seleksiyasi, naslli mahsulotni (materialni) takror ko'paytirish sohasida yangi texnologiyalarning va biotexnologiya usullarining qo'llanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

naslli mahsulotning (materialning) sertifikatsiz realizasiya qilinishi va boshqa tarzda foydalanilishiga yo'l qo'ymaslik;

naslchilik sub'ektlari o'rtasida yuzaga keladigan nizolar bo'yicha xulosalar berish.

10-modda. Naslchilik sub'ektlarining huquqlari

Naslchilik sub'ektlari quyidagi huquqlarga ega: naslchilikni rivojlantirishga qaratilgan kuch-g'ayratlarni birlashtirish maqsadida hayvonlarni

urchitish bo'yicha uyushmalarga, jamiyatlarga kirish, naslchilik sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish;

seleksiya yutuqlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish; naslli mahsulot (material) savdo-ko'rgazmalarida (kim oshdi savdolarida), ko'rgazmalari va

ko'riklarida ishtirok etish;

naslli mahsulotni (materialni) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotish va sotib olish; qonun hujjatlariga zid bo'lmagan boshqa harakatlarni amalga oshirish.

11-modda. Naslchilik sub'ektlarining burchlari

Naslchilik sub'ektlari: naslchilik hisob-kitobini va hujjatlarini yuritishlari; naslchilik resurslari yaxshilanishini, saqlanishini, takror ko'paytirilishini va ulardan oqilona

foydalanilishini ta'minlashlari; hayvonlar mahsuldorligi hisob-kitobini yuritish, tipi bo'yicha tasniflash, kelib chiqishini genetik

ekspertiza qilish va ularni o'z mahsuldorligi hamda avlodining sifati bo'yicha baholash talablarini bajarishlari;

xo'jalikni attestasiyadan o'tkazish, nasldor erkak hayvonlarni aprobasiya qilish uchun va takror ko'paytirish maqsadida ulardan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasiga taqdim etishlari;

urug' olish uchun faqat takror ko'paytirishga ruxsat etilgan nasldor erkak hayvonlardan foydalanishlari, urug' va embrionlarni texnologik va veterinariya-sanitariya talabnomalarida belgilangan shart-sharoitda tayyorlashlari, identifikasiyalashlari va saqlashlari;

naslli mahsulotning (materialning) sifatini kafolatlashlari shart.

12-modda. Naslli mahsulotga (materialga) egalik huquqi

Naslli mahsulot (material) davlatning, nasldor hayvonlarni urchitish va ulardan foydalanish bilan shug'ullanayotgan yuridik hamda jismoniy shaxslarning mulki bo'lishi mumkin.

13-modda. Naslchilikda intellektual mulk

Nasldor hayvonlar seleksiyasida erishilgan yutuqlarning natijalari intellektual mulk ob'ekti hisoblanadi, ularga mualliflik va ulardan foydalanish qonun hujjatlari bilan belgilab qo'yiladi.

14-modda. Naslli mahsulotni (materialni) eksport va import qilish

Naslli mahsulotni (materialni) eksport va import qilish Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.

15-modda. Nasldor hayvonlarni, naslchilik xo'jaliklari va podalarini davlat ro'yxatiga olish

Nasldor hayvonlarni, naslchilik xo'jaliklari va podalarini davlat ro'yxatiga olish tegishincha davlat nasldor hayvonlar kitobida va davlat naslchilik registrida qayd etish orqali amalga oshiriladi.

Davlat nasldor hayvonlar kitobi to'g'risidagi nizom va davlat naslchilik registri to'g'risidagi nizom Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. (O'zRning 25.04.1997 yil 421-I-son I-bo'limini 16.bandiga asosan tahrirga so'zlar kiritilgan)

16-modda. Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirish

Naslli mahsulot (material) naslchilikning belgilangan standartlari, normalari va qoidalariga muvofiqligi to'g'risida majburiy sertifikatlashtirilishi lozim.

Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirish nasldor hayvonlarning kelib chiqishini, mahsuldorligini, ularda genetik nuqsonlar yo'qligini, shuningdek urug' yoki embrionlarning kelib chiqishi va sifatini aniqlash hamda hujjatlar bilan tasdiqlash maqsadida o'tkaziladi.

Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirish davlat naslchilik xizmatining tegishli organlari tomonidan "O'zstandart" agentligida akkreditasiya qilingan seleksiya markazlari, chorvachilik nazorat- sinov stansiyalari, ippodromlar, sut, jun sifatining seleksiya nazorati laboratoriyalari va immunogenetik ekspertiza laboratoriyalari ishtirokida amalga oshiriladi. (O'zRning 25.04.2003 yil 482-II-son XII.bo'limiga asosan tahrirda so'zlar o'zgartirildi)

Naslli mahsulotni (materialni) sertifikatlashtirishdan o'tkazish tartibini Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi belgilaydi.(O'zRning 25.04.1997 yil 421-I-son I-bo'limini 16.bandiga asosan tahrirga so'zlar kiritilgan)

17-modda. Naslchilik bo'yicha davlat tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularni mablag' bilan ta'minlash

Naslchilik xo'jaliklarining hammasi o'z faoliyatini to'la xo'jalik hisobida amalga oshiradi qonun hujjatlarida va belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi.

Naslchilik bo'yicha davlat tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularni mablag' bilan ta'minlash Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.

18-modda. Naslchilik sohasidagi ilmiy tadqiqotlar

Naslchilikni ilmiy jihatdan ta'minlashni Fanlar akademiyasi, Qishloq xo'jalik fanlari akademiyasi hamda ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy o'quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining seleksiya markazlari amalga oshiradilar, ular davlat naslchilik xizmati va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni ishlab chiqadilar:

naslchilikka oid davlat ilmiy-texnika dasturlarini; hayvonlar va parrandalarning mavjud zotlari, tiplari, liniyalari hamda krosslarini takomillashtirish

va yangilarini yaratish, naslchilik resurslari genofondini saqlash va ulardan oqilona foydalanishga doir seleksiya-genetik dasturlarini;

seleksiya jarayoni samaradorligini oshirish, hayvonlarni takror ko'paytirish, ularning mahsuldorligini oshirish usullari va yo'llarini;

naslli mahsulotni (materialni) baholash va genetik nazorat qilish uchun uslubiyotlar, texnika vositalari va nazorat-o'lchov asbob-uskunalarini; naslchilikka oid axborot bilan ta'minlash tizimlarini.

19-modda. Nasldor hayvondan foydalanish shartlari

Nasldor hayvondan, agar u: tamg'alangan yoki hayvonning kelib chiqishini aniq identifikasiya qilish imkonini beradigan biron-

bir boshqa yo'sinda unga belgi qo'yilgan bo'lsa; ro'yxatdan o'tkazilgan va unga sertifikat olingan bo'lsa, zotni takror ko'paytirish maqsadida

foydalaniladi.

20-modda. Nasldor hayvonlarning urug'i va embrionlaridan foydalanish shartlari

Nasldor hayvonlarning urug'i va embrionlaridan, agar ular: qishloq xo'jalik hayvonlarini sun'iy urug'lantirish va embrionlarini ko'chirib o'tkazish bilan

shug'ullanuvchi tashkilotlarda olingan bo'lsa; belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan nasldor hayvonlardan olingan bo'lsa; identifikasiya qilish maqsadida aniq belgi qo'yilgan bo'lsa; sertifikatga ega bo'lsa, foydalaniladi.

Nasldor hayvonlarning urug'i va embrionlari qishloq xo'jalik hayvonlarini sun'iy urug'lantirish va embrionlarini ko'chirib o'tkazish bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar tomonidan boshqa shaxslarga realizasiya qilinishi yoki o'tkazilishi mumkin.

21-modda. Naslli mahsulot (material) bonitirovkasi

Naslli mahsulot (material) bonitirovkasi naslchilik bilan shug'ullanuvchi barcha tashkilotlarda har yili o'tkaziladi.

Naslli mahsulot (material) bonitirovkasini o'tkazish tartibi va shartlarini Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi belgilaydi.(O'zRning 25.04.1997 yil 421-I-son I-bo'limini 16.bandiga asosan tahrirga so'zlar kiritilgan)

22-modda. Nasldor erkak hayvonlarni baholash

Zotni takror ko'paytirish uchun tanlab olingan nasldor erkak hayvonlar avlodining sifati va o'z mahsuldorligi bo'yicha tekshirilishi hamda baholanishi lozim.

Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholashni naslchilik tashkilotlari nasldor hayvonlarning belgilangan mahsuldorlik darajasiga qarab o'tkazadilar.

Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholash Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining

Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi tasdiqlaydigan uslubiyotga muvofiq o'tkaziladi. (O'zRning 25.04.1997 yil 421-I-son I-bo'limini 16.bandiga asosan tahrirga so'zlar kiritilgan)

23-modda. Naslchilik sohasidagi nizolarni hal etish

Naslchilik sohasida kelib chiquvchi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

24-modda. Naslchilik to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Naslchilik to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.

25-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar

Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki bitimlarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan o'zgacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo'llaniladi.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri 1995 yil 21 dekabr