关于知识产权 知识产权培训 树立尊重知识产权的风尚 知识产权外联 部门知识产权 知识产权和热点议题 特定领域知识产权 专利和技术信息 商标信息 工业品外观设计信息 地理标志信息 植物品种信息(UPOV) 知识产权法律、条约和判决 知识产权资源 知识产权报告 专利保护 商标保护 工业品外观设计保护 地理标志保护 植物品种保护(UPOV) 知识产权争议解决 知识产权局业务解决方案 知识产权服务缴费 谈判与决策 发展合作 创新支持 公私伙伴关系 人工智能工具和服务 组织简介 与产权组织合作 问责制 专利 商标 工业品外观设计 地理标志 版权 商业秘密 WIPO学院 讲习班和研讨会 知识产权执法 WIPO ALERT 宣传 世界知识产权日 WIPO杂志 案例研究和成功故事 知识产权新闻 产权组织奖 企业 高校 土著人民 司法机构 遗传资源、传统知识和传统文化表现形式 经济学 金融 无形资产 性别平等 全球卫生 气候变化 竞争政策 可持续发展目标 前沿技术 移动应用 体育 旅游 PATENTSCOPE 专利分析 国际专利分类 ARDI - 研究促进创新 ASPI - 专业化专利信息 全球品牌数据库 马德里监视器 Article 6ter Express数据库 尼斯分类 维也纳分类 全球外观设计数据库 国际外观设计公报 Hague Express数据库 洛迦诺分类 Lisbon Express数据库 全球品牌数据库地理标志信息 PLUTO植物品种数据库 GENIE数据库 产权组织管理的条约 WIPO Lex - 知识产权法律、条约和判决 产权组织标准 知识产权统计 WIPO Pearl(术语) 产权组织出版物 国家知识产权概况 产权组织知识中心 产权组织技术趋势 全球创新指数 世界知识产权报告 PCT - 国际专利体系 ePCT 布达佩斯 - 国际微生物保藏体系 马德里 - 国际商标体系 eMadrid 第六条之三(徽章、旗帜、国徽) 海牙 - 国际外观设计体系 eHague 里斯本 - 国际地理标志体系 eLisbon UPOV PRISMA UPOV e-PVP Administration UPOV e-PVP DUS Exchange 调解 仲裁 专家裁决 域名争议 检索和审查集中式接入(CASE) 数字查询服务(DAS) WIPO Pay 产权组织往来账户 产权组织各大会 常设委员会 会议日历 WIPO Webcast 产权组织正式文件 发展议程 技术援助 知识产权培训机构 COVID-19支持 国家知识产权战略 政策和立法咨询 合作枢纽 技术与创新支持中心(TISC) 技术转移 发明人援助计划(IAP) WIPO GREEN 产权组织的PAT-INFORMED 无障碍图书联合会 产权组织服务创作者 WIPO Translate 语音转文字 分类助手 成员国 观察员 总干事 部门活动 驻外办事处 职位空缺 采购 成果和预算 财务报告 监督
Arabic English Spanish French Russian Chinese
法律 条约 判决 按管辖区浏览

乌兹别克斯坦

UZ097

返回

O'zbekiston Respublikasi Davlat Patent idorasining Appellatsiya kengashi to'g'risida Nizom

 O'zbekiston Respublikasi Davlat Patent idorasining Appellatsiya kengashi to'g'risida Nizom

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 1 iyuldagi 298-son qaroriga 1-ilova

O'zbekiston Respublikasi Davlat Patent idorasining Appellatsiya kengashi to'g'risida

NIZOM

І.Umumiy qoidalar

1.Ushbu nizom “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari va sanoat namunalari to‘g‘risida”, “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”,“Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida” hamda“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashi (keyingi o‘rinlarda Apellatsiya kengashi deb ataladi) vakolatlarini, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2.Apellatsiya kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining (keyingi o‘rinlarda Patent idorasi deb ataladi) ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini, seleksiya yutuqlarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini, tovar belgilar, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq apellatsiyalarni sudgacha ko‘rib chiquvchi kollegial organi sifatida amalga oshiradi.

3.Apellatsiya kengashi qarorlar qabul qilishda mustaqil hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga,O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulkni muhofaza qilishga doir xalqaro shartnomalariga, mazkur Nizomga amal qiladi.

II.Apellatsiya kengashining vakolatlari

4.Apellatsiya kengashi a) Patent idorasining talabnoma berilgan: sanoat mulki obyektlari; seleksiya yutuqlari; integral mikrosxemalar topologiyalari; tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlariga nisbatan qabul qilingan qarorlari yuzasidan apellatsiyalarni ko‘rib chiqadi; b) manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning: sanoat mulki obyektlariga; seleksiya yutuqlariga patent berilishi yuzasidan apellatsiyalarini ko‘rib chiqadi; v) manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning integral mikrosxemalar topologiyalarining ro‘yxatdan o‘tkazilishi yuzasidan apellatsiyalarini ko‘rib chiqadi; g) manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning:sanoat mulki obyektlarigava seleksiya yutuqlariga berilgan patentlarning haqiqiyligi; O‘zbekiston Respublikasi hududida belgining xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilishining amal qilishi yuzasidan apellatsiyalarini ko‘rib chiqadi; d) quyidagilarning: integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomalarning;tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilariga berilgan, tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqiga berilgan guvoxnomalarning amal qilishi to‘xtatilishi yuzasidan apellatsiyalarini ko‘rib chiqadi; ye) tovar kelib chiqqan joy nomi ro‘yxatdan o‘tkazilishi bekor qilinishi yuzasidan apellatsiyalarni ko‘rib chiqadi; j) tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilarining O‘zbekiston Respublikasida umum e’tirof etilgan deb tan olinishi yuzasidan apellatsiyalarini ko‘rib chiqadi.

5. Apellatsiya kengashi apellatsiya ko‘rib chiqilishi munosabati bilan: apellatsiya bergan shaxslardan, shuningdek boshqa manfaatdor shaxslardan apellatsiyani ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va ma’lumotlarni surab olishga; qo‘shimcha ekspertiza tayinlash, uni o‘tkazish uchun mustaqil ekspert va maslahatchilarni jalb etish; Patent idorasi ixtiyoridagi patent hujjatlari va ilmiy-texnika adabiyotlari davlat fondlaridan foydalanish huquqiga egadir.

ІІІ. Apellatsiya kengashi tarkibi va uni shakllantirish tartibi

6. Apellatsiya kengashi Kengash raisi, uning o‘rinbosari, kengash a’zolari va kotibidan iborat tarkibda faoliyat ko‘rsatadi. Patent idorasining direktori Apellatsiya kengashi raisi hisoblanadi. Apellatsiya kengashi tarkibiga Patent idorasi direktorining o‘rinbosarlari, Patent idorasining eng malakali va tajribali xodimlari, shuningdek mustaqil omillar va mutaxassislar kiradi. Apellatsiya kengashining shaxsiy va son tarkibi Patent idorasi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

7. Apellatsiya kengashi raisi, uning topshirig‘iga ko‘ra esa – uning o‘rinbosari Apellatsiya kengashining faoliyatini tashkil etadi.

8. Apellatsiya kengashida ishlar kengash kotibi tomonidan yuritiladi. Apellatsiya kengash kotibi Apellatsiya kengashi tomonidan qarorlar qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega emas.

ІV. Apellatsiya kengashi faoliyatini tashkil etish

9. Apellyayiya kengashi faoliyati majlislar o‘tkazish yo‘li bilan tashkil etiladi. Majlislar zaruriyatga ko‘ra Apellatsiya kengashi raisi tomonidan, u bo‘lmagan taqdirda esa uning o‘rinbosari tomonidan chaqiriladi. Apellatsiya kengashi majlisida protokol yuritiladi, uni Apellatsiya kengashi raisi va kotibi imzolaydi.

10. Apellatsiya kengashi majlislarida apellatsiya bergan shaxs yoki uning vakili, boshqa manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxslar qatnashishga haqlidirlar. Apellatsiya bergan shaxs va ko‘rib chiqilayetgan ish bo‘yicha tomonlar hisoblangan boshqa shaxslar majlis bo‘lishidan kamida o‘n kun oldin majlis o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilinishi kerak.

Apellatsiya bergan shaxs boshqa manfaatdor shaxslar iltimosnomasiga binoan Apellatsiya kengashi majlisi kengash qaroriga ko‘ra kechroq, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga ko‘chirilishi mumkin. Bunda apellatsiyalarni ko‘rib chiqishning balgilangan muddatining o‘tishi Apellatsiya kengashi majlisining yangi sanasigacha to‘xtatib turiladi.

11. Intellektual mulk obyektiga huquqiy muhofaza berish to‘g‘risidagi talabnomani ko‘rib chiqishda va uning bo‘yicha ekspertiza o‘tkazishda ishtirok etgan Apellatsiya kengashi a’zolari xulosa berish yoki Apellatsiya kengashining mazkur intellektual mulk obyekti bilan bog‘liq apellatsiyalar ko‘rib chiqilayotgan majlisida qatnashish huquqiga ega emas.

12. Qo‘shimcha materiallar va ma’lumotlar zarur bo‘lgan taqdirda ular Apellatsiya kengashi tomonidan belgilangan muddatlar taqdim etilishi kerak. Apellatsiya bergan shaxs va boshqa manfaatdor shaxslar iltimosnomasiga ko‘ra qo‘shimcha materiallar va ma’lumotlarni taqdim etish muddati Apellatsiya kengashi tomonidan uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Bunda apellatsiyalarni ko‘rib chiqish belgilangan muddatining o‘tishi uzaytirish muddatigacha to‘xtatilib turiladi.

13. Apellatsiyalar berish va ularni Apellatsiya kengashi tomonidan ko‘rib chiqish qoidalari Patent idorasi tomonidan tasdiqlanadi.

14. Apellatsiyalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Apellatsiya kengashi apellatsiyalarni qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki apellatsiyalarni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.Apellatsiya kengashi qabul qilingan qarorlarning asolanganligini va qonuniyligini ta’minlaydi.

Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda Apellatsiya kengashi ayni paytda ushbu ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga berilgan guvohnomalarning amal qilinishini muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.Apellatsiya kengashi qarori yuzasidan qabul qilingan sanadan boshlab olti oy mobaynida sudga shikoyat qilinishi muikin.

15. Apellatsiya kengishi qarorlari qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida apellatsiya bergan shaxslarga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi, shuningdek Patent idorasining rasmiy nashrida e’lon qilinadi.

16. apellatsiya kengashi faoliyatini moliyalashtirish apellatsiyalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan patent bojlari hisobiga amalga oshiriladi. Patent bojlari Patent idorasiga to‘lanadi.Patent bojlari miqdori, ularni to‘lash muddatlari, shuningdek ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.